Adabiyot darslarda dramatik asarlar tahlili

Adabiyot darslarda dramatik asarlar tahlili

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot darslarda dramatik asarlar tahlili - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAGISTRATURA BO'LIMI O'ZBEK ADABIYOTI MUTAXASSISLIGI 2-bosqich magistranti Mangliev Nurbekning «MUTAXASSISLIK FANLARNI O'QITISH METODIKASI» fanidan tayyorlagan K U R S I SH I Mavzu: « Adabiyot darslarda dramatik asarlar tahlili» Qabul qiluvchi: dots. I.Dilmanov Bajaruvchi: N. Mangliev NUKUS - 2012 MUNDARIJA Kirish I-BOB. 1. Adabiyot darslarda dramatik asarlarning asosiy belgilari. 2. Adabiyot darslarda dramatik asarlar teatr va adabiyotga xos xususiyatlarning uyg'unlashuvini hisobga olish zaruriyati. I I-BOB 1. Adabiyot darslarda dramatik asarlarni tahlillashda so'zning alohida o'rnini ko'zda tutish. 2. Adabiyot darslarda drama asarlari tahlilida saxnaviylikni hisobga olish. Foydalangan adabiyotlar ro'yxati Kirish Aslida dramatik asarlar tahlili ham xuddi epik va lirik turdagi asarlarni tahlil qilishga juda ham uxshab ketadi. Ammo dramatik turdagi asarlar faqat o'qish uchun emas, balki asosan ko'rsatish, namoyish etish uchun ham yozilganligi sabab teatrga xos xususiyatlar hisobga olinishi, ya'ni yaratilayotgan vaqtidayok asarning spektaqlga aylanishi ko'zda tutilishi joiz. Dramatik asarlar tahlili o'zgacha sinchkovlikni talab etadi. Aslida so'z va teatr san'atlarining omuxtasi bo'lmish dramani o'qish, idrok etish hamda tahlillash uchun muayyan darajada qo'shimcha zurikish lozim bo'ladi. Qahramonlar va ularning tuyg'ulari, insoniy sifatlari haqida muallifning xarakteristikasi bo'lmagan sharoitda asar qahramonlari holati, ruhiyati va shaxsiyati borasida fikr yuritish, muayyan xulosalar chiqarish katta aqliy quvvat takozo etadi. Drama asarlari tahlilida asosiy e'tiborni qahramonning sa'jiyasini ochishga qaratish lozim. Negaki, har bir dramatik qahramon tabiati yuzasidan ularning o'z so'zlari, xatti-harakatlari orqaligina fikr yuritish mumkin, bu ishda boshqa adabiy turlardagi singari muallif yordam berolmaydi. Dramatik asarlarni tulakonli tahlil etish uchun teatr san'ati qoidalaridan ham xabardor bo'lish zarur. I-BOB Dramatik asarni tahlilga jalb etishda tadqiqotchi bir qator qiyinchililarga duch keladi. Avvalo, dramatik asarning uqilishi boshqa turdagi asarlardan tubdan farq qiladi va muayyan nazariy tayyorgarlikni talab etadi. Shu xildagi tayyorgarlik yukligi uchun ham ishilar ko'pincha dramatik asarlarni ukimaydilar. Bordi-yu, saxna asari uqilgan taqdirda ham uni idrok etish, uning zamiridagi badiiy ma'noni topish oson kechmaydi. Chunki drama asarida muallif mutlaqo ishtirok etmaydi, uning pozitsiyasi biror yul bilan bayon qilinmaydi va asarda ruy berayotgan to'qnashuvlarni ma'naviy jihatdan baholash hamda undan estetik xulosa chiqarish kitobxonning hayot tajribasiga, intellektual darajasiga, ma'naviy sifatlariga bog'liq bo'lib koladi. Murakkablik yana shundaki, drama asarlarida voqea ham, tuyg'u ham yetakchi bo'lmaydi. Bu xil asarlarda xarakter asosiy o'rin tutib turadi. Chunki dramatik turdagi asarlar qanday janrda bo'lishidan kat'i nazar dramatizmga - ruhiy havotir shiddati tasviriga kurilgan bo'ladi. Dramatik asarda qahramon uchun hayot-mamot ahamiyatiga ega bo'lgan qandaydir bir narsaning kuldan berilishi yoki amalga oshmay qolishi xavfi tasvirlangan bo'lishi kerak. Ana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.21 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.21 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga