Amir Temur buyuk davlat arbobi va yuksak ma'naviyat egasi

Amir Temur buyuk davlat arbobi va yuksak ma'naviyat egasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Amir Temur buyuk davlat arbobi va yuksak ma'naviyat egasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma'naviyat egasi va ma'rifat homiysi. 2. Temur tuzuklari da ma'naviyat masalalari. 3. Temuriylar davrida ma'naviyat va ma'rifat rivoji. 4. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma'naviyatini ko'tarishdagi roli. 5. Jadidchilarining amaliy harakatlari va tarixiy taqdirlari haqida. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Vtanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy tarixiy davr hisoblanadi. Chunki, bu davrda mugillar xukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklarni va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy madaniy-ma'rifiy turg'unlik holatiga tushib kolgan mamlakatimiz o'z mustaqilligini tiklashga kirishdi. Bu davrda Amir Temurning yagona bayrog'i ostida markazlashgan kuchli mustaqil feodal davlat tashkil topdi. Amir Temur ushbu davrda Movarounnahr va Xorazmga tazyiq o'tkazayotgan To'xtamishxonga qarshi qushin tortdi. Ural va Kavkazda bo'lgan ikki shiddatli jangda Amir Temur g'alaba qozonib Oltin O'rda tazyiqida yashayotgan Rossiyani qad rostlashiga yordam berdi. Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko'p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizcha buni qilish imkoniga ega bo'lmadik, chunki kommunistik g'oya bunga yo'l bermadi. Amir Temurning o'zi taxqirlandi, tuxmatu malomatlarga qoldi. Shukurlar bo'lsinki, mustaqillik tufayli ko'p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug' bobomiz Amir Temurni surishtirish va o'rganish imkoniga ega bo'ldik. Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shaxrisabzning Xoja ilg'or qishlog'ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat ogir ijtimoiy siyosiy bo'ron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so'ng Amir Temur o'z raqiblarini yengib xoqimiyatni qo'lga oldi. Mayda, tarqoq feodalliklarni birlashtirib markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar qildi. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benixoya katta. Birinchidan, u mamlakatni yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun Temur va temuriylar davlati, temuriylar madaniyati, Ulug'bek va Samarqand asronomiya maktabi, Navoiy va Bobur kabi qutlug' so'zlarni nafaqat o'zbekning, balki jahon xalqlari sahifalarida uchratar ekanmiz bu gaplarning zaminida Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o'zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo'lishga yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli xukmdoridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib Bolqon yarim oroli va Yevropaxalqlariga ozodlik bag'ishladi; Oltin o'rda xoni To'xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mug'ullar xukmronligidan qutilishini qariyib 300 yilga tezlashtirdi. Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.49 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.49 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga