RUSTAMJON 2016-yil ALLEGORIYA (MAJOZ)- ramzning bir ko'rinishi bo'lib, voqea-hodisa yoki narsa buyumning mavhum tushunchasi o'rnida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy so'z (obraz)ni qo'llash, ya'ni adabiy asarda o'quvchiga noaniq bo'lgan tushunchani ko'pchilikka ma'lum bo'lgannarsalarga xos belgilar bilan ifodalash usuli. Masalan: tulki-ayyor va aldamchi kishi Bo'ri-ochko'z va boshqalar ANAFORA (TAKROR)-misralar boshida bir so'zning aynan takrorlanishi Shag'irlaydi betinim daryo Shag'irlaydi vahm to'lgan jar ALLITERATSIYA (TAVZE)- tovushlar ohangdoshligi Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlimga qasd,qayrab Qilich qotil qaroshing, qiz ASSONANS-misra, baytda unlilar takrori Omon, omon, omon-ey Zamon-bizning zamon-ey EPIFORA-misra oxirida tovush, so'z, iboraning takrorlanishi. Kulgan boshqalardir, yig'lagan menman, O'ynagan boshqalar, ingragan menman. HARF SAN'ATI (KITOBAT)-arab harflaridan foydalanish Nigoro, bori g'am birla faqiri notavon aylab, dek qomatimni yanglig' duto qilding HUSNI TA'LIL (chiroyli dalillash) Tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona sabab ko'rsatish, biror voqeani unga dahli bo'lmagan boshqa hodisa bilan izohlash. Nozuklik ichra yo'q tori gisuyi O'z haddini bilib belidin o'lturur quyi IYHOM-shubhaga solish, adashtirish Ulus ichinda turur o'z begim qiyo ko'zluk, Xayoli to'qtamish andin ko'ngul saroyinda. O'ZBEGIM-o'zimning begim O'zbegim (bu yerda xalq ma'nosida ishlatilgan) To'qtamish va saroy so'zlarida ham shu xususiyat bor IQTIBOS-she'r yoki nasrda qur'oni karim yoki xadisdan parcha keltirish ,- Rasul aydi. IRSOLI MASAL-baytda maqol, matal, hikmatli so'z keltirish Ayoqingga tushar har lahza gisu, Masaldurkim: ISTIORA (METAFORA)-omonatga olish O'xshashlik asosida bir narsaning nomini ikkinchi bir narsaning nomiga ko'chirish. Sen ey gul, qo'ymading sarkashligingni GUL-MASHUQA ISHTIQOQ-so'zdan so'zni ajratish Baytda o'zakdosh so'zlardan foydalanish. Ganja vatan, ko'ngli oning ganjxez, Xotiri ganjuru tili ganjrez. JONLANTIRISH TASHXIS-shaxslantirish Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyattin anjumanda INTOQ-gapirtirish Bunda qorning taglarida qish, Bahor uchun so'zlaydi olqish LITOTA (TAFRIT, IFROQ) O'ta zaiflashtirish, kichraytirish Ul sanamkim suv yaqosida paritek o'lturur G'oyati nozikligidin suv bila yutsa bo'lur METONIMIYA-o'zaro yaqinlik,aloqadorlik asosida ma'no ko'chishi Fuzuliyni oldim qo'limga, Majnun bo'lib yig'lab qichqirdi MUBOLAG'A (GIPERBOLA)-bo'rttirish, lof urish TABLIG'-tasavvur qilish mumkin, yuz berishi ham mumkin. Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro' kelmadi Ko'zlarimg'a kecha tong otquncha uyqu kelmadi IG'ROQ-tasavvur qilish mumkin, yuz bermaydigan yolg'on Otlar kishnar, qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar, Quyosh oltin buloqdir, qaynar, tosharqo'k tiniq G'ULUVV-aql ham ishonmaydi, hayotda ham yuz bermaydi. Vah, muhabbat ko'yida qon yig'ladim, Yetti iqlim g'arq bo'ldi yoshima MUKARRAR-muayyan so'z muayyan o'rinda takrorlanib keladi Yuzung mus'hafi sharhi o'lg'ay necha- Kitob-u kitob-u kitob-u kitob MULAMMA'-turli tillarda she'r yozish. Qochib ketdi machchoyilar aksari, Borib shulki yurtiga ta'kidlari: SHIRU-SHAKAR-2 tilda SHIRU SHAHDU SHAKAR-3 tilda MUSAJJA'-baytning ichki qofiyaga ega bo'lishi. Xatti aro uzoring sabza ichida dola Ul ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 18:54:35
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.72 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 18:54 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.72 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:56 ]
Arxiv ichida: doc