Boburning Aruz risolasi asari Reja: Boburning Aruz risolasi asari haqida Vazn bo'laklar Doiralar Bahrlar va vaznlar Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiyati va uning ilmiy-adabiy merosini o'rganishga bo'lgan qiziqish shoirning hayotligidayoq uyg'ongan edi. Hosir esa Bobur ijodi chet el, ayniqsa, sovet olimlarining samarali mehnatlari tufayli yuzaga chiqa boshladi. Uning hayoti va ijodini o'rganishga bo'lgan qiziqishning bu kabi keng ko'lamga aylanishi Bobur asarlarining ilmiy va amaliy ahamiyatga ega albatta bog'liqdir. Bobur o'zining 47 yillik umri mobaynida ikki devon tuzdi, Mubayyan, Risola-yi voldiya nomli she'riy asarlar yaratdi, jahonga shuxrat kelgan Boburnomani yozdi, Xatt-i boburiy deb nomlangan yangi alfavitni tuzdi, aruz, qofiya, muzika va harbiy ishga oid risolalari bilan ilmga ma'lum hisa qo'shdi. Afsuski, Boburning qofiya, muzika va harbiy ishga oid taqdiri hanuzga qadar noma'lum bo'lib kelmoqda. Boburning ilmiy-nazariy asarlari orasida ayniqsa Aruz risolasi o'zbek va boshqa turkey xalqlar she'riyat nazariyasini o'rganishga muhim o'rin eggalaydi. Aruz ilmi o'zbek va O'rta Osiyodagi boshqa qardosh xalqlar adabiyotlari tarixida katta rol o'ynab kelgan. Ma'lumki, arab va fors-tojik aruzi hamda she'riy san'atlar haqida bir qator risola, yirik asarlar yaratilgan. Ibn Hojibning Ilm ul-aruz, Vohid Tabriziyning Jam'-i muxtasar, Shamsiddin Muhammadar ar-Roziyning Almu'jam fi ma'oyiri ash'or il-ajam, Xoja Nasriddin Tusiyning Me'yor ul-ash'or, Mir Shams ad-din Dehlaviyning Hadoyiq ul-balog'a, Sayfiyning aruzga oid risolalari arb, fors-tojik aruz faniga salmoqli hissa qo'shdi. So'nggi yillarda sovet aruzshunoslari o'rta asr olimlarining aruz ilmiga oid asarlarini o'rganish va nashr qildirish borasida ulkan ishlarni amalgam oshirmoqdalar. Aruz Yaqin va O'rta Sharqda keng tarqalgach, bu she'riyat nazariyasini qabul qiluvchi har bir xalq uni o'z ona tili qonun-qoidalariga moslashga harakat qildi. Natijada fors-tojik aruzi, ozarbayjon aruzi, o'zbek aruzi nomi bilan milliy tillar fonetikasiga asoslangan aruzlar shakllana boshladi. Ko'p asrlik o'zbek poeziyasining arab, fors-tojik aruzi tajribalarini chuqur o'rganib, uning qonun-qoidalarini o'zida mujassamlashtirgan mukammal asar yaratish Navoiy va Bobur yashagan davrlarning eng zarur ehtiyojlaridan biri edi. Bu mas'uliyatli va sharafli vazifa buyuk Navoiy zimmasiga tushdi. U arab va fors-tojik aruzlarini chuqur bilgan holda, o'zbek poeziyasi shakllarini til xususiyatlari bilan qiyosiy tadqiq qilib chiqdi va o'zbek aruzi faniga doir birinchi bo'lib Mezon ul-avzon asarini yaratdi. Bunda shoir aruz fanining ayrim sohalariga doir fikrlar va aruzga yaqin xalq she'riy formalaridan changi, tuyug', qo'shiq, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy kabilar haqida o'zining qimmatli nazariy fikrlarini bayon qiladi. Boburning she'riyat nazariyasiga oid yaratgan Aruz risolasi asari esa Alisher Navoiyning Mezon ul-avzon asaridan so'ng o'zbek aruzi haqida yozilgan ikkinchi yirik risola bo'ldi. Alisher Navoiy asos solgan o'zbek aruzi fanining qonun-qoidalarini yanada mukammallashtirish, arab, fors-tojik xalqlari poeziyasi nazariyasi haqida yaratilgan ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 18:54:35
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.03 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 18:54 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.03 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:58 ]
Arxiv ichida: docx