Boychechak - O'zbek xalq qo'shiqlaridan termalar

Boychechak - O'zbek xalq qo'shiqlaridan termalar

O'quvchilarga / Adabiyot
Boychechak - O'zbek xalq qo'shiqlaridan termalar - rasmi

Material tavsifi

BOYChYeChAK O'zbek xalq qo'shiqlaridan termalar (Uslubiy tavsiyanoma) Ushbu tavsiyanomada o'zbek xalq qo'shiqlaridan termalar jamlangan bo'lib, umumta'lim maktab o'quvchilari, kasb-hunar kolleji talabalari o'rtasida turli tadbirlar o'tkazish yuzasidan tavsiyalar berilgan. Kirish Musiqa -inson ruhining ma'naviy ozuqasidir deydi dono xalqimiz. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach barcha sohalar qatorida musiqa va san'at sohasiga ham alohida etibor kuchaytirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 7-yanvardagi Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha 2009-2014 yillarga mo'ljallangan Davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida gi F-2908-sonli farmoyishining bajarilishi bo'yicha bugungi kunda Respublikamizda estetik tarbiyani takomillashtirishga va zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishga alohida etibor berilmoqda. Shundan kelib chiqib, o'zida ma'naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni tarbiyalash-jamiyatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib kelmoqda. O'sib-ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni estetik did va ehtiyojlarini kamol toptirishda musiqa mashg'ulotlarining roli katta. Umumta'lim maktablarida, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarida, to'garaklarda va tadbirlarda xalq qo'shiq va raqslarining ijro etilishi, asrlar osha kuylanib kelinayotgan qo'shiqlarni yo'qolib ketmasligiga va og'izdan-og'izga o'tib ajdodlar merosini saqlab qolishga muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Xalq tafakkurini va hayotini ifodalovchi kuy-qo'shiqlar juda ko'p va ular hozirgacha sevib ijro etib kelinmoqda. Ularning har biri his-hayajon uyg'otuvchi, kishini o'ylashga, fikr mulohaza yuritishga undovchi ta'sirchan kuchga ega. Inson ruhiga qo'shiq chaqaloqligidayoq alla orqali singdiriladi, qolgan umri davomida ham qo'shiq unga hamrohlik qiladi. O'zbek milliy qo'shiqlarining maromiga yetkazib kuylash, tinglovchining yuragiga ta'sir qildirish ham bir-san'at. Qo'lingizga taqdim etilayotgan ushbu tavsiyanomada musiqa mashg'ulotlarida, sinfdan tashqari to'garak soatlarida, shu bilan birga turli bayram tadbirlarida ijro qilinishi mumkin bo'lgan o'zbek xalq qo'shiqlari jamlangan. Mazkur tavsiyanoma II qismdan iborat bo'lib, I qismida to'plangan xalq qo'shiqlarining ko'pchilik qismi maktab o'quvchilarining yosh xususiyatlariga mos ravishda o'zgartirilgan. II qismi esa 7-9 sinflarga mo'ljallangan. Sababi, bu yoshda o'quvchilar o'smirlik yoshga etib, ularda yigit-qizlarga xos insoniylik fazilatlari shakllangan bo'ladi. Shunga ko'ra tavsiyanomada xalq qo'shiqlari, laparlar, duet shaklida yani yigit va qizlarga xos aytishuv qo'shiqlari ham kiritilgan. Shu bilan birga tavsiyanomani kasb-hunar kollejlari va litsey talabalari ham turli tadbirlarda berilgan xalq qo'shiqlariga ijodiy yondoshgan holda foydalanishlari mumkin. I-qism Har bir xalqning orombahsh kuy-ohanglari, qo'shiq aytimlari bir so'z bilan aytganda milliy musiqasi bo'ladi. Ushbu tavsiyanomani I-qismidagi o'zbek xalq qo'shiqlari umumta'lim maktablari o'quvchilari yoshiga mos ravishda o'zgartirilgan. B O Y Ch Ye Ch A K. O'zbek xalq qo'shig'i. Boychechagim boylandi, Qozon to'la ayrondi. Ayroningdan bermasang Qozon-tovog'ing vayrondi. Naqarot; Qattiq yerdan qatrab chiqqan boychechak. Yumishoq yerdan yumalab chiqqan boychechak. Boychechagim xilloli , Hamyon-hamyon tilloli, Hamma bozor bir bozor, Atroflari lolazor. Naqarot; Boychechakni tutdilar, Sim yoog'ochga osdilar. Qilich bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.2 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.2 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga