Chingiz Aytmatov - Somon yo'li (qissa)

Chingiz Aytmatov - Somon yo'li (qissa)

O'quvchilarga / Adabiyot
Chingiz Aytmatov - Somon yo'li (qissa) - rasmi

Material tavsifi

Somon yo'li (qissa) Chingiz Aytmatov - To'lg'onoy, boyaqish To'lg'onoyim, mushtipar boshingga tushgan g'am-alamlar, sumbul sochlaringga kumush qirov tushirib ketgan o'sha kunlar emasmidi? Esizgina o'rim-o'rim sochlar! Sen bu yerga kelganda har gal ham bongqacha qiyofada kelarding. G'am toshlari og'irlashgan sayin hamma qiyinchiliklarga bardosh berib, bag'ri-diling o'rtanib, jimgina kelib, jimgina ketsang ham, boshingga qanday mushkul kunlar tushganidan to'la ogoh edim. - Ha, Ona-yerim, gapirganda ilojim qancha. Yolg'iz mengina emas, urushning kasri tegmagan bitta ham oila, bironta ham odam qolmagan edi-ku. Xuddi o'sha kezlarda brigadirlik qilib, elning achchiq-chuchugini birga totib, ko'pchilikni eplab, ko'z-quloq bo'lib yurganimdan hanuzgacha fahrlanaman, hozir ham o'sha kezlarni mamnuniyat bilan eslayman. Aks holda, ehtimol, men allaqachon bukchayib, holdan toyib, allaqachon urush to'polonlari ostida oyoq osti bo'lib ketar edim. Qilichini yalang'ochlab kelgan yovga qarshi zarba berishning yagona yo'li kurashda, mehnatda emasmi, axir?! Mana, qadrdon dalam, ish orasida ora-sira chopa kelib, yana jimgina ot jilovini qayta burib, indamasdan chopib ketishimning boisi ham shunda. Qosimdan xat kelgan kun esingdami, mehribonim? - Bo'lmasam-chi, To'lg'onoy. Sen o'shanda adirda yerga go'ng solib yurgan kelining bilan kichik o'g'ling oldiga suyunchi olgani kelgan eding-a, To'lg'onoy! - Suyunchi olmay bo'ladimi! Surunkasiga ikki oy davomida dom-daraksiz ketgan Qosimimdan sog'-salomatman deb xabar kel-sa-yu, men quvonmay kim quvonsin! Moskva ostonalarida bo'lgan keskin janglarga ikki bor kiryb, ikkalasidan ham sog'-salomat chiqdim, nemislarning shashti qaytib to'xtab qoldi, bizning polkimiz hozir dam olyapti debdi. O'shanda kelinim Alimanning quvonganini aytmaysanmi! Qosimning jangga kirib ko'p qatori nemis bilan jang qilgani aniq ekan. Mening bolalarimdek yigitlar elni ko'riqlamasa, kim qo'riqlaydi. Ishqilib boshi omon bo'lib, dushmanni yengib, zafar quchib qaytsa bo'lgani. Boshqa hamma qiyinchiliklarga bardosh beramiz, mayli, it azobini tortsak ham ertaroq yengsak bo'lgani! Xudoyim, ertaroq yengsak edi, deb iltijo qilardim. Bu faqat meninggina xohishim emas, balki ko'pning tilagi, ulug' tilak bo'lgani uchun ham hammasiga ko'nar ekansan. Uyda yolg'iz qolgan kenjam, Jaynog'im, o'n sakkizga yetar-etmas askarga ketganda: «Mayli, boshga tushganni ko'z ko'rar!»-deb o'zimni-o'zim yupatdim. Qishning oxirlariga borib Jaynoqning o'z tengqurlari qatori voenkomatga chaqira boshlaganda, ularni shunchaki bir askar sifatida mashq qildirib yurgan bo'lsa kerak, deb o'ylardim. Uni askarga oladi degan xayol ham ko'nglimdan o'tmagan edi. Ikki marta rayonga borib, o'n kun chamasi o'ynab keldi, keyingi borishda esa oradan bir kun o'tib, ertasigayoq Jaynoq uyga qaytib keldi. «Nima, senga javob berishdimi, tezda qaytib kelib qolding?» deb so'rasam: «Yo'q, ena, ertaga yana rayonga qaytib ketaman. Voenkomat bir kun uyda bo'lishga ruxsat berdi»,- dedi. Men bo'lsam o'shanda ham payqamabman. Jaynoq o'sha kuni uzoq safarga otlanayotganday, juda ko'p ishlarni bitirib qo'ydi. Ishdan birrov ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.83 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.83 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga