Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Alisher Navoiy 1441-yil 9- fevralda Xirot shaxrida tug'ildi.Uning otasi G'iyosiddin kichkina bir necha qarindoshlari temuriylar saroyiga yaqin turgan amaldor aristokrat, buvilari esa temuriy shag'zodalarning enagalari bo'lgan.Alisher go'dakligida temuriy shag'zodalar bilan birga tarbiyalandi.To'rt yoshida o'qishga berdilar.Ziyrak va qobilyatli Alisher maktabdagi boshqa bolalardan ajralib turar va kattalarning diqqatini o'ziga jalb qilar edi. Navoiy Xirotda qoldi va o'qishni davom ettirdi.U adabiy asarlarni qunt bilan o'qiy boshladi. Ota va ona Alisherning xar tomonlama bilim olish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdilar.Alisher zamonasining mashxur muzikashunosi Xo'ja Yusuf Burxondan muzika o'rgana boshladi.hamda tarix, adabiyot,husnixat va boshqalar bilan jiddiy shug'illana boshladi.Alisher ayniqsa adabiyotni sevdi.Oila muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo'r havas tug'dirgan edi.Alisherning otasi ma'rifatparvar kishi va san'at hamda adabiyot muxbirlaridan edi.Alisher badiiy asarlarni o'qish va o'rganish bilan kifoyalanib qolmadi. Uning o'zi xam sherlar yoza boshladi.Navoiyning necha yoshidan boshlaqb she'r yozganini bilmaymiz. Lekin shunisi ma'lumki,u 10-12 yoshlaridayoq badiiy zavq vadidi hamda ilk she'rlari bilan tanilib,katta san'atkorlar va olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilgan edi.Alisher otadan yosh yetim qoldi.U ma'rifatparvar xukumdor Abulqosim Bobur qaramog'ida tarbiyalana boshladi va 15 yoshida Culton Xusayn Bayqaro bilan birga Abulqosim Boburning saroyida xizmat qila boshladi.Abulqosim Bobur 1456-yilda mashxatga jo'nadi.Navoiy va Xusayn Bayqaro xam Abulqosim Bobur bilan mashxatga borib,o'sha yerda o'qishni davom ettirishadi.1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etadi.Navoiy mashxatda qolib o'qishni davom ettiradi. Mansab va davlat orzusida yurgan Xusayn mirzo Marvga borib,taxtni egallash uchun kuch to'play boshlaydi.Navoiy Mashxadda Sayid Xasan Ardasher va Kamol Turbatiy kabi davirning mashxur shoirlari bilan tanishadi. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi.Navoiyning bilim saviyasi va adabiy qobilyatidan mamnun bo'lgan Jomiy uni xam shogird,xam farzand deb biladi.Ko'p o'tmasdan shogird va uystozning munosabaatlari ikki ulug' shoir va mutaffakkirning do'stligi va hamkorligiga aylandi.Navoiyning otasidan qolgan mol-mulkni musodara qildirgan.Navoiy qattiqmoddiy qiyinchiliklarga duch kelgan. Navoiy shu ahvolda Samarqandga keldi.Samarqandda xam tastlabki payitlarda moddiy qiyinchilikda yashadi,lekin shunga qaramay,Samarqand madrasalariga qatnadi,ilm-fan, san'at va adabiyot axli bilan yaqinlashdi,bilim saviyasi istedodi va qobilyati bilan tez orada obro' va etibor qozondi.Navoiy Samarqandda Sakkokiy va boshqa shoirlarning badiiy merosi bilan yaqindan tanishdi. Samarqanddagi madaniy yodigorliklar,ayniqsa Ulug'bek Observatoriyasi va Uluf'bek madrasasi unda katta Tassurot qoldirdi. Navoiy keyinchalik bu tassurotlarini o'z asarlarida, jumladan, ,,Xamsa''sida ifodaladi. Navoiy Samarqandda 1469-yilga qadar turdi.Toju-taxt orzusida yurgan Xusayn Bayqaroning Xirot taxtini egallab olishi uchun shu vaqtlarda qulay bir voqea yuz berdi.1468-yilningoxirlarida Abusaid G'arbiy Eronni egallash uchun jang olib boradi.Jangda Abusaidning qo'shini yengilib,uning o'zi o'ldiriladi. Shu vaqtda Xirot ostonalariga yaqinlashib qolgan Xusayn Bayqaro fursatdan foydalanib,1469-yil Xirotga kiradi va taxtni egallaydi.Xuddi o'sha yilning aprel oyida Navoiy ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 18:54:35
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.13 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 18:54 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.13 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: doc