El sevgan adib (O'tkir Hoshimov zamondoshlar nazdida) Toshkent «MUMTOZ SO'Z» 2011 EL SYeVGAN ADIB va ZAMONDOShLARI NIGOHI Dunyoda adib zoti borki, o'z asarlarining o'qilishi, uqilishi va kitobxonlar tomonidan tushunilishini istaydi. Seni tushu-nishsa, katta baxt degan hikmat aslida yozuvchilik qismatiga daxl-dor. Hatto Hazrat Navoiyday daho san'atkor ham El netib topg'ay menikim kabi andishalarga borgani va munojot paytida Yarat-ganga yozg'urib, Iloyo degonimni ulusqa marg'ub et deya musallo qilgani hammaning yodida. Ijod va ijodkor qismatiga bog'liq bu so'zlar nafaqat mumtoz adiblarga, balki zamonaviy ruhda asarlar yozib, el ezoziga musharraf bo'lgan adiblarga ham xos. Shunday ekan, zamonaviy adib ham o'z asarlarini zamondoshlari tomonidan qabul etilishini istasa ne ayb?! O'zbekiston xalq yozuvchisi, sevimli adibimiz O'tkir Hoshimov bu borada shunday yozadi: Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki, uni o'qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o'qib bo'lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to'lg'onib chiqsa. Oradan yillar o'tib asarni qaytadan qo'liga olganida tag'in hayajonlansa, yangi manolar topsa. Eng katta orzum shu (O'tkir Hoshimov. Sakkizinchi mo'jiza. T., 2009. 31-bet). Adibning mana shu orzusi qanday ushalayotganini zamondosh-lari talqinida kuzataylik: Istedodli, allaqachon xalq mehriga sazovor bo'lgan yozuvchi O'tkir Hoshimov qanday kitoblar yozgani to'g'risida gapirib o'tirish ortiqcha. Ular o'zbek va qardosh xalqlar mulkiga aylanib ketgan. Shundoq bo'lsa ham bu istedodli adib-ning asarlarini tilga olmaslik insofdan bo'lmas. «Bahor qayt-maydi», «Qalbingga quloq sol», «Nur borki, soya bor», «Dunyoning ishlari», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar», «Ikki karra ikki - besh» kabi qissa va romanlari, yuzdan ortiq dilbar hikoyalari, komediya va fojialari xalq orasida juda mashhur bo'lib ketgan (Said Ahmad). Chindan ham O'tkir akaning qissa va romanlarini o'qiyotga-ningizda ularning hayoti nafaqat ko'z o'ngingizda namoyon bo'ladi, balki asarni o'qib bo'lganingizdan so'ng kitobxon ongingiz va shuuringizda qayta tiriladi. Siz bilan dillashadi, his-tuyg'u-laringizga ta'sir etib bir necha vaqt davomida uni boshqaradi. Ancha vaqtga qadar mana shu asarlar ta'sirida yurasiz, uning qahramonlari bilan bahslashasiz, nimadandir ko'nglingiz to'lma-ganday bo'lib, hatto bazi qahramonlar tarafiga o'tib olib, ular-ning muxoliflari bilan kurashasiz. Badiiy asarning ta'sir kuchi, kitobxon qalbini ishg'ol etish mo'jizasi mana shunda ko'rinadi. Mashhur bo'lishlikning siru sabablari (Xurshid Do'stmuhammad) nimada ekan? Ilk asari bilanoq Abdulla Qahhorday ulug' adib-larning nazariga tushishida yoki Ozod Sharafiddinovday qilni qirq yoradigan ustoz munaqqid kitobimni o'qib nima derkin, degan andisha bilan qo'lga qalam olishidami? Yoki har bir asarida imkon boricha xalq ko'nglidagini topib aytishga, dilidagi pinhon dard-larni oq qog'ozga ko'chirishga bo'lgan ishtiyoqdami? Yoxud Alloh bergan istedodni kunu tun parvarish qilib, faqat ezgulik ishiga, yaxshi asarlar yozishga sarf qilishidami? O'tkir Hoshimov ijodida ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 18:54:35
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
336.87 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 18:54 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
336.87 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:26 ]
Arxiv ichida: docx