Abdulla Qahhor O'tmishdan ertaklar qissasi va Sarob romani Reja: 1. Abdulla Qahhorning qissachilik maktabi 2. Sarobning mashaqqatli qismati 3. Abdulla Qahhor saboqlari O'tmishdan ertaklar yozuvchi ijodining o'ziga xos yakuni, so'nggi cho'qqisi bo'ldi. O'tmishdan ertaklar muallifning bolalikda ko'rgan-kechirganlari haqidagi avtobiogragik asar, biroq o'zbek adabiyotidagi mavjud avtobiografik asarlardan.Bu asar Oybekning Bolalik qissasidan keskin farq qiladi. Bola obrazi Oybek qissasida birinchi o'rinda tursa, O'tmishdan ertaklarda bola Abdulla obrazi orqa o'rinda turadi, u asosan kuzatuvchi, guvoh, xolis hikoyachi tarzida beriladi; yozuvchining asosiy diqqat-e'tibori bola guvohligida oilada, oila tevaragida yuz bergan voqealarni chizishga qaratilgan. Qissada yozuvchi hikoyanavisligicha qoladi, oxirgi Qo'qon xarobalari orasida bobini mustasno etganda , qissaning sarlavhalangan deyarli har bir bobi tugal hikoyadir, fojeali ruhdagi voqeiy novellalardir. Qissada inson sha'ni, qadri bilan bog'liq alamli o'y-tuyg'ular, jaholatga qarshi isyon bu qissada adibning so'nggi faryodi kabi yangradi. O'tmishdan ertaklar nafaqat yozuvchi ijodiy bisotidagi , balki XX asr o'zbek adabiyotidagi Cho'lpon lirikasidan keyingi eng fojeiy, eng g'amgin, eng mungli asardir. Qissaga A. Oripovning quyidagi satrlari epigraf- bosh so'z qilib olingani bejiz emas: Eshilib, to'lg'onib, ingranadi kuy, Asrlar g'amini so'zlarMunojot. Kuyi shunday bo'lsa, g'amning o'ziga Qanday chiday olgan ekan odamzod Abdulla Qahhor ijodidagi, jumladan, O'tmishdan ertaklardagi o'quvchida juda og'ir taassurot qoldiruvchi zulmat - tarixning malomatli sahifalari, qora bo'yoqlarning quyuqligi, nurli jihatlarningzaifligi nuqson emas, asarning o ziga xos xususiyati va fazilatidir. Bir joyda qo'nim topolmay, qishloqma-qishloq ko'chib, azondan kechgacha ter to'kib ishlab, tinimsiz temir taqillatib, kichkina xonadon dasturxonini to'kin qilolmay, armonda yurgan omadsiz ota, sakkizta bolasini qora yer bag'riga berib, o'jar qaynona dag'dalari, dardabar hayot mashaqqatlari tufayli ozib-to'zib, arvoh holiga tushgan mushtipar ona, shafqatsiz darbadar turmush, tahqir-u xo'rliklardan indamas, soqovga aylangan bola haqidagi lavhalar kitobxonning yurak-bag'rini ezib yuboradi. Yozuvchi mehnatkashlar hayotiga oid biri-biridan ayanchli, biri-biridan dahshatli lavhalar keltiradi.Yo'qchilik, jaholat qurboni Babarning mudhish taqdiri, ochilmasdan gulg'unchaligida xazon etilgan hur qiz - Sarviniso haloqati - har biri dahshat, fojia! Jo'n, ba'zan tasodifiy xatti-harakatlar juda ko'ngilsiz va dahshatli oqibatlarga olib keladi. O'likning yog'ini, tirikning tirnog'ini yeyishga tayyor turgan ajdaho To'raqul vofurush, o'jar dog'uli Valixon so'fi, olg'ir, mug'ambir ellikboshi , oqpodshoning arzandasi yuzboshi bilan bog'liq hikoyalar dillarni larzaga soladi. Qissada goho ko'ngilga huzur bahsh etuvchi nurli lavhalar, kishilararo hazil-mutoyibalar ham uchraydi, biroq bu quvonchli daqiqalar uzoqqa bormaydi, tezda avvalgisidan battarroq, dahshatliroq hodisalar bilan almashadi. Ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, qonunsizlik, jaholat avj olgan yurtda ma'rifat, ijtimoiy adolat uchun olib borilgan kurash usuli ko'pincha ma;nisiz,behuda, hattoki vahshiyona tus oladi: Qishloqqa ilm-ma'rifat urug'ini sochgani kelgan Muhammadjon qorining yangicha usuldagi ta'lim maktabi johil kimsalar tomonidan xonavayron ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 18:54:35
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
264.57 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 18:54 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
264.57 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:43 ]
Arxiv ichida: doc