Abu Rayhon Beruniy Muhammad Ibn Ahmad hayoti va ijodi

Abu Rayhon Beruniy Muhammad Ibn Ahmad hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Abu Rayhon Beruniy Muhammad Ibn Ahmad hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Abu Rayhon Beruniy Muhammad Ibn Ahmad hayoti va ijodi Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad - XI asr qomusiy olimi. Turkistonlik ulug' alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani - amakisining o'g'li Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar - astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U o'zining Geodeziya asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Ma'lumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega bo'lish lozim. 995-yil Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning amiri Ma'mun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Ma'munning g'azabidan qochib, Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim - matematik va astronom al-Xo'jandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda o'zining Al-Faxriy sekstanti risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda o'zgarishlar bo'lib, Ma'mun vafot etib, uning o'rniga Ali ibn Ma'mun taxtga chiqqan edi. 998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi. O'zining o'n beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asari 100-yil atrofida shu yerda yozilgan. 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib al-Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yilbahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keladi. Gurganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning ba'zi masalalari bilan shug'ullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma og'irliklardan foydalanish g'oyasi ham mana shu yerda tug'ildi. 1017-yil yozida Mahmud G'aznaviyning buyrug'iga ko'ra Beruniy asir sifatida G'aznaga olib ketildi. U yerda og'ir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shug'ullanish sharoitiga erishdi. 1022-1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni o'zi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shug'ullandi. U Panjobdagi Nandna qal'asi yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini o'lchadi va u 110,895 km. ekanini aniqladi. Bu ma'lumot hozirgi zamon o'lchashlari natijasi - 11,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy o'lchashlarining aniqligi qay darajada ekani ko'rinadi. U Hindistonda bo'lajak asari Hindiston tarixi uchun ma'lumot yig'di va uni 1030-yilyozib tugatdi. O'sha yili Mahmud vafot etdi va uning o'rniga o'g'li Mas'ud taxtga chiqdi. Mas'ud Beruniyga ko'p iltifotlar ko'rsatdi. Shu sababli, Beruniy o'zining shoh asarini Mas'udga bag'ishlab Qonuni Mas'udiy deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid bo'lsa ham Beruniyning matematikaga oid, ya'ni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.92 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.92 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga