II-sinflar ucun Maktabim- qutlug' makonim Reja: 1.Maktab- muqaddas maskan. 2.Maktab-bilim uchog'i. 3.Biz maktabni qadrlaymiz. Maktab-qutlig' makon. Biz maktabni yaxshi ko'ramiz. Maktabda o'qish va yozishni o'rganamiz. Ko'plab do'stlar orttiramiz. Maktabda ta'lim bilan birga tarbiya haqida ham saboq olamiz. Kattalarni hurmat qilishni, kichiklarga izzatda bo'lishni maktabda o'rganamiz. Maktabning har bir burchagini ko'z qorachig'idek asraymiz. Maktabimiz sha'ni uchun a'lo baholarda o'qiymiz. (45 so'z) Imlo: qutlig', orttiramiz, ta'lim, izzatda, qorachig'idek so'zlari ustida ishlanadi. Xat boshida so'zlar katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi. Yuqoridagi rasm katta qilib sinf taxtasiga osib qo'yiladi. Rasm asosida bolalarga savol-javob asosida gap tuzdiriladi.Savollar sinf doskasiga yozib qo'yiladi.Har bir savol javobini o'quvchilar mustaqil yozib boradilar. Insho yozish uchun savollar: 1. Maktab qanday maskan? 2. Maktabni nima uchun yaxshi ko'ramiz? 3. Biz maktabda nimani o'rganamiz? 4. Maktabimiz sha'ni uchun nima qilishimiz kerak? Kumush qish Reja: 1.Oltin qish- misoli qush. 2.Qishdagi obi-havo. 3.Bolalar qor o'ynashdi. O'lkamizda qish fasli keldi. Daraxtlar va atrof oppoq qor bilan qoplandi. Osmon shishadek tiniq. Quyosh charaqlab turibdi, lekin havo soviq. Bolalar issiq kiyimlarda maktabga borishadi. Maktab hovlisi gavjum.Bir to'da bolalar qorbo'ron o'ynamoqdalar. Qizlar Qorbobo va Qorqiz yasayaptilar. Atrofni qiy-chuv, bolalar kulgusi borliqni qoplagandek. Qish - juda go'zal fasl. (48 so'z) Imlo: shishadek, gavjum, qorbo'ron so'zlarining imlosi ustida ishlanadi. Qorbobo va Qorqiz katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi. Tahlil: Qanday fasl keldi?, Qishda obi-havo qanday?, Bolalar qayerga borishdi? Ular maktabda nima qilishdi? Insho yozish uchun savollar: 1.O'lkamizga qanday fasl keldi? (2 ta gap) 2.Qishda obi-havo qanday bo'ladi? ( 2 ta gap) 3. Bolalar issiq kiyim keyib qayerga borishadi? ( 2 ta gap) 4. Bolalar maktab hovlisida nima qilishdi? ( 3 ta gap) 1-sentabr Mustaqillik kuni Reja: 1. Biz Vatanimizni sevamiz. 2. 1-sentabr Mustaqillik kuni. 3. Biz Vatanimizni asrab ardoqlaymiz. Biz Vatanimiz - O'zbekistonni onamizdek sevamiz. Vatanimiz O'zbekiston 1-sentabr kuni mustaqil davlat deb e'lon qilingan. Biz har yili bu kunni, katta bayram qilib nishonlaymiz. Vatanimiz - O'zbekiston o'z bayrog'i, gerbi, madhiyasiga ega bo'ldi. Ona Vatanimiz go'zal va bepoyon. Shuning uchun biz Vatanimizni asrab ardoqlaymiz. Uning gullab- yashnashi uchun o'z hissamizni qo'shamiz. (49 so'z) Hunarmand Qadim zamonda bir hunarmand o'tgan ekan. Uning uchta o'gli bor edi. Bir kuni usta betob bo'lib qoldi. Bolalarini oldiga chaqirdi.Ularga yaxshi odam bo'lishni, xalqqa xizmat qilishni nasihat qildi. Usta olamdan o'tdi. Ustaning bolalari meros talashishdi. Katta o'gillari mol-dunyoni bo'lishib olishdi. Kichik o'gli esa otasining shogirdlari oldiga bordi. Hunar o'rgandi. Hunarini ishga soldi. Xalqqa xizmat qildi. Xalq kichik o'gildan minnatdor bo'ldi. IV-sinflar uchun Sohibqiron bobomiz Reja: Amir ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
672.85 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
672.85 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: doc