8-mart xotin-qizlar bayrami Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go'zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg'unlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami go'zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo'lib kelgan. Ayol deganda ko'z o'ngimizda avvalo, ulug' va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o'rganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go'zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo'lmaydi. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo''tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Chindan ham, ayollarimizning oilada tutgan o'rni beqiyos. Oqila, go'zal ayollar o'zlarining g'amxo'rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug' donishmandlar Vatanga eng munosib ta'rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma'no bor. Dunyoda muqaddas degan so'zga eng munosib zot ham - Onadir. Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug'lasak, hayotimizning chirog'i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo'lamiz. O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek: Bu yorug' olamda Vatan bittadir, Bittadir dunyoda Ona degan nom Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Chunki farishtalar Alloh taolo yaratgan eng pok, eng begunoh zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida o'zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o'chmas nom qoldirgan. To'maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin, va boshqa yuzlab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz. Ulug' momolarimizga xos bo'lgan olijanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bo'lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning Yana bir sababi shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo'ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir. Hadislarda Ayollarni ulug' odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xo'rlaydi deb bejizga aytilmagan. Ayollarni izzat-ikrom qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ham xalqimiz, avvalo, opa-singillarimiz, munis onaxonlarimiz turmushi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgandir. Onalik va bolalikni himoyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazish, oila va mahalladagi ahillik, hamjihatlikni mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridandir. Dunyoda har qanday kuch onaning mehru-muhabbatidan zaifrohdir. Uning farzandiga bo'lgan mehri naqadar beg'ubor. Onaning mehri quyoshdek issiq, beminnat va musaffodir. Uning farzandlari uchun qilgan xizmatlarini hech narsa bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Ona o'z farzandiga hayot va insoniylik fazilatlarini bahsh euvchi chashmadir. Farzand esa xuddi shu chashmadan go'zallikni, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
285.79 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
285.79 KB
Ko'rishlar soni
182 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: docx