20 - yillar adabiyotining yetakchi tamoyillari

20 - yillar adabiyotining yetakchi tamoyillari

O'quvchilarga / Adabiyot
20 - yillar adabiyotining yetakchi tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

20-yillar adabiyotining yetakchi tamoyillari R e j a 1. Ijtimoiy-siyosiy hayot. 2. Adabiy-madaniy hayot. 3. Nasr. 4. Nazm. 5. Dramaturgiya. 1917-yilda Rossiyada bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan va tarixda oktyabr inqilobi nomini olgan to'ntarish butun Turkiston xalqlari tarixida fojiali sahifa ochdi. Markscha-lenincha ta'limotga saoslangan bu hokimiyat o'z faoliyatining ilk kunlaridanoq zo'ravonlik va riyokorlikni asosiy dastur qilib olgan edi. Partiya rahbari Lenin bu to'ntarishdan ko'p o'tmay mustamlaka ostidagi o'lka musulmon xalqlariga murojaat etib, riyokorlik bilan o'z taqdirlarini o'zlari belgilishi mumkin, deb vada beradi. Ayni chog'da Turkistonga jangari bolsheviklarni yuborib, mahalliy xalqlarni qullik iskanjasining Yangi kishanlarini kiyishga majbur qildi. Bu holni Turkistonda tuzilgan dastlabki sovet hukumati tarkibiga birorta mahalliy xalq vakili kiritilmaganligidan ham ko'rish mumkin edi. Natijada mahalliy ma'rifatparvarlar tomonidan 1917-yil 17-dekabrda o'lka musulmonlarining IV qurultoyi o'tkaziladi va unda Turkiston muxtoriyati elon qilinadi ammo ko'p o'tmay muxtoriyat bolsheviklar qirg'in qilinadi, ko'plab begunoh odamlarning qoni to'qiladi. Natijada istibdodga qarshi milliy ozodlik harakatlari kuchaya boshlaydi, bu kurashlar shavqatsiz ravishda bostiriladi. 1917 yil fevral inqilobi Turkistonda ham kuchli aks-sado beradi. Jadidlardan iborat ilg'or ziyolilar inqilobni asosan xursandchilik bilan kutib olib, matbuotda xalqni tabriklaydilar. Lekin, bularning barii sarob bo'lib chiqadi. Oktyabrdan keyingi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o'zgarishlar jamiyat hayotida, ishlab chiqarishda shaxs va davlai munosabatlarida bir qancha muhim ijobiy yangiliklar yaratdi. Undan so'ng Turkiston muxtoriyatining qonga botirilishi, Xorazm, Buxoro, «xalq jumhuriyati» barpo etilib, sho'rolashtiriluvi, 1924 yildagi milliy chegaralanish - bularning barchasida ana shu maqsadlar ustivor edi. Xorijdan panoh topishga majbul bo'lgan Buxoro amiri Said Olimxon 1923 yil yozida dunyodagi bir qancha davlatlarning rahbarlari (AQSH, Yaponiya va h.k) va jamoatchiligiga rasman murojaat etdi. G'arb matbuotida M: «Manchestr Gardian» 1923 yil 4-iyunda elon qilingan murojaatida shunday fikrlar bor: «Bolshovoylar Buxoro, Xiva, Turkiston va O'rta Osiyoda pastkashlarcha va razil siyosat yuritmoqdalar Temir yo'l o'z ixtiyorida ekanligidan foydalanib, ular Buxoroga qurollangan yigirma ming Askar jo'natdilar. Holbuki, bu vaqtda sho'ro hukumati tashqi ishlar nozirligi vakili Gepper janoblari o'zaro do'stlik bitimi tuzish haqida biz bilan munozara olib bormoqda edi». Amir ketgani malum bo'lsa-da, Buxoro to'rt kun zambaraklardan o'qqa tutiladi. Buxoro «xalq jumhuriyati»ni tuzish ana shu tarzda ro'y beradi. Ana shunday og'ir sharoitda ham maorif sohasida bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. 20-yillarda o'zbek sho'ro matbuoti qaror topadi. «Ishtirokiyun», «qizil bayroq», «Turkiston», «Turkiston», «Yangi Farg'ona», «Yangi sharq» gazetalari, «Inqilob», «Mushtum», «Alanga», «Maorif va o'qitg'uvchi» singari jurnallarda ijodkorlar faol ishtirok eta boshlardi. Shu davrda malum bir adabiy guruhlar tashkil topdi. Shulardan biri 1918 yil oxirida Fitrat rahbarligida tashkil topgan «Chig'atoy gurungi»dir. Lekin bu tashkilot maqsadlariga hukumat to'sqinlik qiladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.83 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.83 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga