30 - yillar (Qatag'on davri) adabiyoti

30 - yillar (Qatag'on davri) adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
30 - yillar (Qatag'on davri) adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

30-yillar (Qatag'on davri) adabiyoti R e j a 30-yillar o'zbek adabiyotidagi yetakchi tendensiyalar. Shu davr poeziyasining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari. Prozadagi ijodiy izlanishlar. Dramaturgiyaning asosiy mavzusi. 30-yillar sho'rolar siyosatining uzil-kesil hukmronligiga asos solingan davr sifatida tarixga kirdi. Bolsheviklar rahbarligidagi hukumat o'zining barcha Raqiblarini mahv etib, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohasida o'z hukmronligini o'tkaza boshladi. Bu davrda sho'ro davlati ichki va tashqi dushmanlardan qutilgan holda kirib keldi. «Ichki dushman»lar milliy Respublikalarning mustaqil bo'lishni xohlagan davlatlar bo'lib, ular ruslashtirildi. «Tashqi dushmanlar» esa bolsheviklar barpo etishi mumkin yoki barpo etayotgan tuzumning kelajakda boshqa davrlarga tahdid solishi mumkinligini sezgan AQSH, Angliya, Fransiya kabi davlatlar edi. 30-yillarda adabiyot ko'povozlilikka aylana bordi. Tanqidchi S.Husayn «O'zbek adabiyotining hozirgi masalalari» degan maqolasida 20-yillarning ikkinchi yarmida ijod etgan yozuvchilarni Proletar hamda Yo'lovchi qalamkashlarga ajratgan va yo'lovchilarning o'zlarini ham turlicha tasnif etgan. Uning nazarida A.Qodiriy, Fitrat, Cho'lpon «o'ng burilish»dagi, Elbek, Oybek, Sh.Sulaymonlar esa «so'llashayotgan» yo'lovchilar edi. «Yo'lovchi» atamasi ilk bor o'tgan asrning 90-yillarida nemis sotsial-demokratlari muhitida paydo bo'lgan va bu atama 20-yillarda Trotskiy tomonidan adabiyotga nisbatan qo'llanilgan. RAPP (Rusiya proletar yozuvchilar uyushmasi)ga kirmagan barcha rus yozuvchilari (M.Gorkiy, Mayakovskiy, Fedin va boshqalar) yo'lovchi hisoblangan. Shunday yo'lovchi yozuvchilardan biri - Ognevning yozishicha: «Bugun dushman bo'lmagan, ammo, ertaga dushman bo'lishi mumkin bo'lgan, shubhali yozuvchilar yo'lovchi» deb atalgan. RAPPchilardan ibrat olgan o'zbek tanqidchilari ham adabiyotimiz namoyandalarini shu tarzda guruhga ajratgan. Bu davr boshlarida xalqning guli bo'lgan Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat kabi ijodkorlar taqib ostiga olina boshladi va oxir-oqibat 1938 yilda boshqa ko'plab zamondoshlari qatori qatog'on qurboni bo'ldilar. Qolaversa, 30-yillarda shaxsga sig'inish illatlar toboro avj olib, ijtimoiy hayotda ham, adabiyot va san'atda ham hokim mafkura g'oyalari hukmbardorlik qila boshladi. VKP MKning 1932 yil 23-apreldagi «Adabiy-badiiy tashkilotlarni qayta qurish to'g'risida»gi qarori, 1934 yilda Butunittifoq yozuvchilar uyushmasining tuzilishi, uninig shu o'tkazilgan 1-qurultoyida sho'rolar adabiyotining ijodiy metodi sotsialistik realizm metodi deb belgilanishi amalda adabiyotning qatiy sxema asosida ish ko'rishini bildiruvchi xususiyatdir. Buning natijasida adabiyot hokim mafkura g'oyalarini ifoda etuvchi vositaga aylana bordi. Bu hol 30-yillarda hatto Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat kabi milliy uyg'onish adabiyoti namoyandalari ijodida ham ko'zga tashlana boshladi. Adabiyot maydoniga 20-yillarda kirib kelgan G'.G'ulom, Oybek, A.Qahhor, H.Olimjon, Uyg'un, Mirtemir, S.Abdulla kabi ijodkorlar qatoriga M.Shayxzoda, U.Nosir, Zulfiya, S.Jo'ra, A.Umariy, Z.Diyor, Parda Tursun kabi bir qator yoshlar kelib qo'shildi. Bu ijodkorlar asarlarining aksariyati davr talablari asosida yaratilgan bo'lishiga qaramay, o'zbek adabiyotini boyituvchi asarlar bo'lib ham xizmat qildi. Shuni ham takidlash zarurki, 30-yillar o'zbek adabiyotining janrlar doirasi ancha kengaydi. Ko'plab dostonlar, sarbast, erkin vaznda yaratilgan butun bir sheriyat vujudga keldi. Nasrda ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.19 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.19 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga