30 - yillar tanqidchiligining o'ziga xos tamoyillari haqida. Ikkinchi jahon urushi davri va 50 - yillar o'zbek tanqidchiligi muammolari

30 - yillar tanqidchiligining o'ziga xos tamoyillari haqida. Ikkinchi jahon urushi davri va 50 - yillar o'zbek tanqidchiligi muammolari

O'quvchilarga / Adabiyot
30 - yillar tanqidchiligining o'ziga xos tamoyillari haqida. Ikkinchi jahon urushi davri va 50 - yillar o'zbek tanqidchiligi muammolari - rasmi

Material tavsifi

30-yillar tanqidchiligining o'ziga xos tamoyillari haqida. Ikkinchi jahon urushi davri va 50-yillar o'zbek tanqidchiligi muammolari RYeJA: 1. 30-yillar tanqidchiligidagi g'oya va obrazlar mushtarakligi muammosi; 2.Adabiy tanqidchilikda ijodiy faollik va realizm estetikasini egallash yo'lidagi izlanishlar; 3. «Ilk monografik tadqiqotlar va o'n besh yil ichida o'zbek adabiyoti (1939)» asarining tahlili; 4. Ikkinchi jahon urushi davri va 50-yillar o'zbek tanqidchiligi muammolari 5.Xulosa. 30-yillar o'zbek tanqidchiligida g'oya va obrazlar birligi masalasiga yanada jiddiy etibor berila boshlandi. Uyg'un «Adabiyotda menshevizm ko'rinishlariga qarshi» nomli risolasida (1935) quyidagilarni yozgan edi: «adabiyot quruq obrazlar sistemasidan iborat emas», u ideya, fikr va hislarning obrazlarda ifodalanishidir». O'zbek tanqidchiligi bu fikrni keng targ'ibot qildi va qo'llab quvvatladi. Bunga sabab esa 20-yillarda «san'at san'at uchun» degan g'oyaning keng tomir otganligi edi. Masalan, Fitrat 20-yillar o'rtalarida «Adabiyot qoidalari» nomli kitobida adabiyotning g'oyaviyligi va uning muayyan sinf qo'lidagi ijtimoiy qurol ekanligini etibordan chetda qoldirib, uni faqat his-hayajonlarini aks ettiruvchi soha sifatida talqin etgan edi. Oybek bunga qarshi chiqqan edi. Masalan, A.Sadiy ham o'zining «Adabiyot masalalari va oktyabrdan so'nggi o'zbek adabiyoti» (1933 y.) nomli kitobida g'oyaviylikni inkor etmasa-da, Fitrat kabi adabiyotga, asosan, his tuyg'ularni aks ettiruvchi soha sifatida qaradi. Bu bilan u g'oyaviylik masalasining o'sib kelayotgan yosh adabiyotchilar tomonidan to'g'ri idrok etilishiga halal berdi. O'yg'unning yuqoridagi qarashlari esa bularga berilgan bir zarba bo'lishi kerak edi. Millatchilik ruhidagi tanqidchilik 20-30 yillarda imkoni boricha rus adabiyoti va jahon progressiv adabiyoti ta'sirini chetlashga, uning oldini olishga va shu yul bilan o'zbek adabiyotini milliy mahdudlik pardalariga o'rashga intildi. Masalan, «S» taxallusi ostida 1922 yilda bir tanqidchi yozgan edi: «Halqimiz hozirgi davrda san'atni, ayniqsa, Yevropasan'atini hoxlamaydi. Bizning teatrimiz, qimor, choyxona manzaralari va chapani polvonlar» ni aks ettirishdan iborat bo'lmog'i lozimdirki, biz bunday narsalarni Shekspir va Shillerning ko'rsatilayotgan asarlaridan topolmaymiz». Albatta, bu xato fikrlar edi, bu milliy mahdudlanishning ko'rinishi edi. 30 yillarning o'rtalariga kelib, adiblar va munaqqidlar tipiklashtirish masalasini ko'tarib chiqdilar. (M.G.Gulom «Ko'kan», H.Olimjon «Zaynab va Omon»). Masalan, Olim Sharafiddinov 30 yillarning o'rtalarida Uyg'un ijodi haqida yozgan maqolasida tipiklashtirishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni Uyg'un ijodi misolida ko'rsatib, shoir o'zining «Kolxozchi qizga» sherini tahlil qilib, bu sohada yo'l qo'yilgan kamchiliklar haqida gapirgan edi, yani shoirning mayda tafsilotlarga berilib ketib naturalizmga yo'l qo'yilganligini tanqid qilgan edi. Turmushni nusxa qilmaslik, yani undan ko'r-ko'rona ko'chirmaslikni takidlagan edi. qisqasi Olim Sharafiddinovga o'xshagan tanqidchilar 30-yillar badiiy asarlaridagi formalizm va naturalizm ko'rinishlariga qarshi kurash olib bordi. Olim Sharafiddinov «Bir reaksion nazariya to'g'risida» degan maqolasida («qizil O'zbekiston gazetasi» 1936 yil 6-iyun) Miyon Buzruk Solihovning «Adabiyot kishilar xarakterini, psixologiyasini takrorlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga