60-70-80-yillar adabiy tanqidchiligidagi faollashuv jarayoni va ijodiy metod. Jamiyatdagi o'zgarishlarning adabiy tanqidga ta'siri masalasi Reja: 60- yillar o'zbek adabiy tanqidchiligining o'ziga xos xususiyatlari haqida. 70-yillar adabiy tanqidchiligining asosiy yo'nalishlari va yetakchi tamoyillari. 80-yillar adabiy tanqidchiligining o'ziga xos xususiyatlari va muammoli masalalari haqida. 60-70-80-yillar adabiy tanqidchiligida mahorat va uslub muammolari. Jamiyatdagi o'zgarishlarning adabiy tanqidga ta'siri masalasi Xulosa. XXI asr bo'sag'asida O'zbekiston mustaqillikka erishdi va sho'rolar davri adabiy tanqidchiligi ham endilikda tarixiy o'tmishga aylandi. O'tmish adabiy tanqidchiligini istiqlol va mustaqillik nuqtai-nazaridan turib tahlil qilish, bugungi kun adabiy tanqidchiligining kamoli uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, adabiy tanqid jamiyat va adabiyot hodisalarini haqqoniy baholash orqali xalqning ma'naviy saviyasini yuksaltirish, estetik didini tarbiyalab, komil insonni shakllantirishdek ezgu ishga katta yordam beradi. Umuman, badiiy asar saviyasi va munaqqidlik mahorati haqida bahs yuritish rostlik libosiga o'ralgan yolg'on haqiqatlarni ham fosh etib, biryoqlama badiiy tasvirlash va baholashlarning fojiaviy ruhiyatini ochib beradi. Shuning uchun ham milliy iftixor tuyg'ularini o'stirish, mustaqillik ruhini chuqur anglash, jamiyat taraqqiyoti va adabiy jarayon haqida bahs yurituvchi adabiy tanqid xususida so'zlash, uning bosib o'tgan yo'li, duch kelgan muammolarini, sho'ro davridagi tazyiqlarini tahlil etish va ulardan zarur saboqlar chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu nuqtai-nazardan o'zbek adabiy tanqidchiligi tarixida o'ziga xos evrilish va ko'tarilishlar yuz berib, chuqur ilmiy-nazariy tamoyillarga boy bo'lgan, shu bilan birga kommunistik g'oyaviylik tayziqi ostida bir tomonlamalik, soxtalik va yaltiroqliklarga ham yo'l qo'yilgan 60-70-80-yillar adabiy tanqidchiligi tarixini yaxlit olgan holda ilmiy-tadqiq qilish shu kun nuqtai-nazari va talablari jihatidan juda ahamiyatlidir. Zero, 60-70-yillar adabiy tanqidchiligidagi uslub, mahorat, ta'sir va tarixiy-biografik yondashuv metodi masalalarini atroflicha o'rganish hozirgi davr adabiy tanqidchiligi rivoji uchun ham ko'p narsalar berishi mumkin. Chunki, hozirgi davr adabiy tanqidi 60-70-80-yillar adabiy tanqidchiligi orttirgan tajribalardan o'ziga nimalarnidir olishi va nimalarnidir inkor etishi tabiiy holdir. Ayniqsa, mazkur davrlardagi tanqidchi mahorati va o'ziga xosliklarni o'rganish va shu asosda yutuq va kamchiliklarni tahlil etish hozirgi kun adabiy tanqidchiligi uchun o'z-o'zini anglash va yangicha ustuvorliklarga erishishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bugungi adabiy tanqidchilik o'z vazifasini to'liq bajarmayotganligidan tashvishga tushib, kuyunchaklik bilan matbuotda bildirilayotgan tanqidiy fikrlar ham haqqoniyat tarozisiga solib ko'rilmog'i lozim, hozirgi adabiy tanqidni guyoki falaj tanaga o'xshaydi degan fikrlarga unchalik qo'shilib bo'lmasada, lekin bu fikrlarni to'liq inkor etib ham bo'lmaydi. Chunki hozirgi davr badiiy adabiyoti va adabiy tanqidchiligi bazi munaqqidlarning yozayotganidek falaj tanaga o'xshab qolmagan bo'lsada, lekin bir joyda depsinib turish holatlari yuz berayotganligi ham sir emas. Lekin muammoli masalalarni hal etishda adabiy tanqid ham, badiiy adabiyot ham istiqlol va mustaqillik nuqtai-nazaridan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.13 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.13 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: doc