60-90 yillar o'zbek adabiyoti Reja 1. Adabiy hayot. 2. Janrlar dinamikasi. 3. Sheriyat. 4. Nasr. 5. Dramaturgiya. 60-yillarga kelib uzoq davom etgan totalitar tuzumning xato adabiy siyosati tanqidga uchrab, mamlakatda erkinlik shabadasi esa boshladi. Stalin vafotidan so'ng shaxsga sig'inish oqibatlarini tugatish, demokratiyani kuchaytirish, qonunchilikni tiklash yo'lida bir qator ishlar amalga oshirildi. Respublikamizda ma'naviy-adabiy hayotni sog'lomlashtirish yuzasidan muhim tadbirlar yo'lga qo'yildi. A.Qodiriy, U.Nosir, So'fizoda, Cho'lpon, Fitrat singari shaxsga sig'inish qurboni bo'lgan istedodlarga qo'yilgan asossiz ayblar olib tashlandi. 40-yillarning oxiri-50-yillarning boshida qatog'onga uchragan M.Shayxzoda, Shuhrat, M.Ismoiliy, Shukrullo, S.Ahmad kabi adiblar oqlandi, Oybek, A.Qahhor, Mirtemir kabi ulkan yozuvchi, shoirlarga qarshi uyushtirilgan fitnalarga qisman chek qo'yildi. «Alpomish» dostonining asossiz qralanishi tuzutildi. Adabiyot nazariyasidagi aqidaparastlik qarashlari, sots. Realizmga biryoqlama, tor yondashishlar tanqidga uchradi. Nashr ishlari yaxshilandi. Bu davrga kelib o'zbek adabiyotining qardosh va jahon adabiyoti bilan aloqalari kengaydi. Adabiyotimizda realistik prinsiplar qayta qad rostlab, so'z san'atining ifoda olami rang-barang tus ola boshladi, shaqliy-uslubiy izlanishlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi. A.Qahhorning «Sinchalak», Mirtemirning «Surat», M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug'bek», P.Qodirovning «Uch ildiz», «Qora ko'zlar», S.Ahmadning «Ufq», Shuhratning «Oltin zanglamas», A.Muxtorning «Tug'ilish», «Chinor», O.Yoqubovning «Muqaddas», «Bir feleton qissasi», Mirmuhsinning «Iskandariya ko'rfazi», «Umid» asarlarida, shuningdek, lirikada ham Yangi alomatlar namoyon bo'ldi. Adabiy hayotdagi anna shunday ijobiy o'zgarishlar 70-yillarga kelib yana to'siqqa uchradi. Avvalo, yuqoridan boshlangan barcha tashabbuslar. qarorlar qog'ozlarda qolib ketdi. 80-yillarning o'rtalari, qayta qurish va oshkoralik yillarida ham bu holat davom etdi. Rasmiy doiralarda shaxsga sig'inish masalalariga, qatog'on voqealariga munosabat o'zgargan, indamay o'tish odat bo'lgan bir paytda Shuhratning «Oltin zanglamas», A.Muxtorning «Davr mening taqdirimda», O.Yoqubovning «Izlayman», E.Vohidovning «Oqsoqol», O.Matjonning «Gaplashadigan vaqtlar» asarlarida ana shu muhim hodisa oqibatlari ro'y-rost ko'rsatildi. 80-yillar oxirlariga, xususan, istiqlol davriga kelib ahvol tubdan o'zgardi. Buning natijasida realizm bilan barobar barcha adabiy tur va janrlarda yangilanish jarayoni yuz berdi. (Misollar va tahlillar). A d a b i yo t l a r: 2. Aliev A. Istiqlol va adabiy meros. T., «O'zbekiston», 1997. 3. Sharafiddinov O. Istiqlol fidoiylari. T, «Sharq», 1993. 4. Karimov Sh. Qafasdagi qush orzusi. T, «Fan», 1991. 5. XX asr o'zbek adabiyoti tarixi. T., O'qituvchi, 199. 6. ww.tdpu.o'z 60-90-yillar o'zbek adabiyoti Reja: 60-70-yillar o'zbek adabiyoti: a) o'zbek she'riyati; b) o'zbek romanchiligi (nasri); v) o'zbek dramaturgiyasi. 80-yillar adabiyoti: a) 80-yillar she'riyati; b) 80-yillar nasrchiligi; v) 80-yillar dramaturgiyasi. 90-yillar adabiyoti: a) 90-yillar o'zbek she'riyati; b) 90-yillar o'zbek nasri; v) 90-yillar o'zbek dramaturgiyasi. Xulosa. 50-yillarning o'rtalarida mamlakatda shaxsga sig'inish oqibatlarini tugatish, demokratiyani kengaytirish, sotsialistik qonunchilikni tiklash yo'lida dadil qadamlar qo'yildi. 30-40-yillardagi ma'muriy buyruqbozlik yo'qotilib, erkin ijodiy fikrlashga bir ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.85 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.85 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: doc