80-yillar o'zbek sheriyatida tabiat tasviri mavzusi 80-yillarda sheriyatimizda o'zining yangicha estetik qarashlari va badiiy talqin usullari bilan alohida ajralib turuvchi ijodkorlar avlodi kirib keldi. Bu shoirlar tabiat va hayot haqidagi an'anaviy ko'nikmalarni chilparchin qilib, biz o'rganib qolgan, oddiy haqiqat deb bilgan tushunchalarni poetik mantiq kuchi bilan inkor etib, tamomila yangicha falsafiy-estetik qarashlarni ifoda qila boshladilar. Bu shunchaki, oddiy inkor emas, balki tabiatning biz bilmagan jihatlarini poetik tadqiq etish yo'lidagi intilish edi. Shu jihatdan olganda, Aziz Saidning quyidagi misralari diqqatni o'ziga tortadi: Shundan boshlanadi o'zi: Orzularni boshqacha nom bilan atashdan, Kun botishini tongga o'xshaydi deyishdan bo'lmasa, jarni tog' deb o'ylarmidik, Sevgilim, Bu misralarni tahlil qilgan munaqqid Yashar Qosimov mazkur lirik miniatyura umumlashma va ijtimoiy tahlil ko'lamining kengligi bilan etiborni tortishini to'g'ri takidlagan edi. Yangi o'zbek sheriyatidagi bunday oqimning yuzaga kelishida jamiyatimizdagi demokratlashuv jarayonining ham roli katta, albatta. Bu avlod shoirlari uchun tabiat-ma'naviy zarurat, tabiiy hodisalarga munosabat esa jamiyatning ma'naviy qiyofasini belgilovchi bosh mezon edi. Ular o'zgalarning badiiy izlanishlari bilan sheriyatimiz mohiyatini tubdan yangilanishiga muhim hissa qo'shib, jamiyatimiz dilidagi mudroq haqiqatlariga qanot bahsh etdilar. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Usmon Azimov, Xurshid Davron, Tilak Jo'ra, Sadriddin Salimov, Yo'ldosh Eshbek, Shavkat Rahmon kabi ijodkorlarning tabiatning badiiy idrok etishdagi o'ziga xosliklari bugungi o'zbek sheriyatining yo'nalishini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi o'zbek sheriyatining markazida qadimgi miflardagi kabi ilohiy tabiiy nafosati bilan kishi dilini rom etuvchi go'zal tabiat ham, hatto zulmatdan xalos etilgan «ozod tabiat» ham emas, balki ming yillar davomida insonni o'z bag'rida avaylab asrab, uni o'zining barcha noz-nematlari bilan ta'minlab kelgan, lekin inson zug'umidan bag'ri xun bo'lgan notavon, bechorahol va yordamga muhtoj, majruh tabiat turadi. Lirik qahramon tabiatning egasi emas, balki uning bir zarrasi sifatida tasavvur qiladi o'zini. U zaminning dardiga davo izlaydi, jamiki insonlarni hamdamlikka, tabiatga orifona munosabatda bo'lishga chaqiradi. Badiiy tafakkur taraqqiyotida ilk bor ekologik muammolar sheriyatning katta dardiga aylandi. Ona sayyoramiz taqdiri uchun qayg'urish, o'zini tabiat bilan yagona deb bilish, tabarruk zaminni sevishga davat qilish yoshlar lirikasidagi ham fojiali, ham umidbahsh nuqtalar hisoblanadi. Fojiaviyligi shundaki, odam bolasi dunyoga kelgandan beri ko'z qorachig'iday asrab kelgan tabiatni shuncha qisqa vaqt ichida xazon qilganligimiz dahshati necha-necha avlodlar hayotini larzaga soladi. Dunyo ekosistemasining haloqati haqida ko'yinib gapirilayotganligi va olamni asrab qolish harakatining ijtimoiy xarakter kasb etayotganligida sheriyatning ham muhim roli borligi kelajakka katta umid uyg'otadi. Jamiyat va tabiat hayotidagi og'riq nuqtalarning bo'rtib turishi, olam va odam munosabatining izdan chiqqan yo'nalishlarini qayta tiklash ehtiyojining hayotiy zaruratga aylantirilishi, tabiat daxlsizligi insoniyat taqdirining asosiy shartidir. Tiriklik ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.03 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.03 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: doc