A. Husayniyning Badoye' us - sanoe' asarida badiiy san'atlar tasnifi

A. Husayniyning Badoye' us - sanoe' asarida badiiy san'atlar tasnifi

O'quvchilarga / Adabiyot
A. Husayniyning Badoye' us - sanoe' asarida badiiy san'atlar tasnifi - rasmi

Material tavsifi

A.Husayniyning Badoye' us-sanoe' asarida badiiy san'atlar tasnifi mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA KIRISH…….……3 I BOB. Adabiyotshunoslikda badiiyat ilmining o'rganilishi haqida I.1. Adabiyotshunoslikda badiiy san'atlar talqini ……7 I.2. Balog'at tushunchasi. Ilmi bayon va ilmi ma'oniy….11 I.3. Ilmi badi'…….19 II. Atoulloh Husayniyning Badoyi'u-s-sanoyi' asaridagi san'atlar II.1. Lafziy san'atlar……23 II. 2. Ma'naviy san'atlar……35 II. 3. Lafziy ma'naviy san'atlar……47 II. 4. Ma'noga ta'sir qiluvchi ayblar……54 Xulosa…….…….…58 Foydalanilgan adabiyotlar…….…….…60 KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Mustaqillik qo'lga kiritilgan ilk davrlardan boshlab muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan yetishib kelayotgan yosh avlodga bo'lgan e'tibor tubdan o'zgaradi. I.A.Karimovning Farzandlarimiz bizdan ko'ra, kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo'lishlari shart , degan shiorlari esa bu borada olib boriladigan ishlarning asosi bo'lib, xizmat qildi. Keyingi yillarda yosh avlodni bilimli, dono qilib tarbiyalashda asosiy etibor ta'lim sohasiga qaratiladi. Bu esa hozirda ta'lim olayotgan va kelgusida turli xil sohalarda mutaxassilarga aylanishni maqsad qilayotgan biz kabi yoshlar qalbida ishonchni yanada ortib berishiga sabab bo'ladi. Yana shuni ta'kidlab o'tish zarurki, mustaqillik bizga boy berilgan qadriyatlarimizni qaytarib olish imkonini berdi. Ma'lumki, o'tmishda Markaziy Osiyo hududida juda ko'p ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan bo'lib, ularni kerakli darajada tushunib yetish uchun maxsus bilimga ega bo'lish kerak. Bu bilimlar sirasiga qadimgi turkiy, arab va fors tillarini o'zlashtirish, falsafa, mumtoz adabiyotga oid ilmlarni egallash kiradi. Ayniqsa, adabiy asarlar badiiyat bilan yo'g'rilgani uchun ularni o'qib tushuna olishda badiiy san'atlarni bilish talab etiladi. Bu borada Atoulloh Husayniyning Badoyi'u-s-sanoyi' asari qimmatli manba hisoblanadi. Bu asar Ajam xalqlari orasida badiiy san'atlarga oid asar sifatida mashhurdir. Bu asar va uning muallifi haqida Alisher Navoiy o'zining Majolisu-n-nafoyis asarida ammo sanoyi'da kitobe tasnif qiliptur Badoyi'-i Atoiyg'a mavsumdur deb yozadi. Balog'at ilmining rivojiga munosib hissa qo'shgan bu asar XV-XVI asrlarda yaratilgan. Muallif bu asarida balog'at san'atlarini Miftohu-l-'ulumda uchramagan o'ziga xos uslubda tasniflaydi. Badoyi'u-s-sanoyi' asari bir necha tillarga tarjima qilingan bo'lsa-da, uning o'ziga xos xususiyatlari maxsus o'rganilmagan. Demak, ushbu tadqiqot mavzuining dolzarbligi Atoulloh Husayniy yozgan Badoyi'u-s-sanoyi' asari mundarijasining o'rganilishi bilan belgilanadi. Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari. Atoulloh Husayniyning Badoyi'u-s-sanoyi' asarida badiiy san'atlar tasnifini o'rganish mazkur tadqiqotning maqsadidir. Shuningdek, tadqiqotda quyidagi vazifalar belgilandi: - Balog'at ilmi haqida ma'lumot yig'ish; - Badoyi'u-s-sanoyi' asarining tarkibini tadqiq qilish; - lafziy san'atlar tarkibini o'rganish; - ma'naviy san'atlar tarkibini o'rganish; - lafziy- ma'naviy san'atlar tarkibini o'rganish; - ma'noga ta'sir qiluvchi ayblar tarkibini o'rganish. Mavzuning o'rganilish darajasining qiyosiy tahlili. Badoyi-i Atoiy, yani Atoulloh Husayniyning Badoyi'u-s-sanoyi' asari fors tilida yozilgan bo'lib, uning bir necha qo'lyozma nusxasi bor. Uning 1974 yilda Dushanbeda Irfon nashriyotida Rahim Musulmonqulov tojik tilida nashr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.12 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 112.12 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga