A. Navoiy Komil Inson

A. Navoiy Komil Inson

O'quvchilarga / Adabiyot
A. Navoiy Komil Inson - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 4-mavzu KOMIL INSON Alisher Navoiy Tasavvuf - musulmon olamida (mamlakatlarida) keng tarqalgan, butun dunyoda mashhur bo'lgan Islom diniga asoslanuvchi buyuk ta'limot. Tasavvuf orqali insoniyat Islom dinining ichki va tashqi go'zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma'naviy jihatdan poklash, ya'ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma'naviyatli, aqlan va jismonan barkamol shaxs komil insondir. Aksariyat adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan teng lashtiriladi. Demak, ruhni poklash zarur. Poklanishning yo'li esa bitta, u nafsni yengishdir. Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibr-u havo, dunyoparastlik, zulm, o'g'rilik, tanballik, tama, ko'rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, ko'ngli torlik, g'azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg'aydigan, uni Allohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig'indisi tushuniladi. Qur'oni karimning bir qator oyatlarida ochiq yoki ishora bilan nafsni jilovlash, yengish lozimligi mazmunida hukmlar bor. Shuningdek, payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida ham bu borada ko'rsatmalar talaygina. Misol tariqasida, Hazrati Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin: Yo Ali, valoyat (avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko'p-ko'p ibodat qilganlaridan emas, o'z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug' darajaga erishganlar. Nafs - insonning juda qudratli, xavfli dushmani. Unga tobe inson ma'naviy va jismoniy tubanlikka, haloqatga mahkum. Shuning uchun Navoiy: Nafs itin qilsang zabun, olamda yo'q sendek shujo - deb yozsa, Qissasi Rabg'uziyda bir nafsning ishini yet mish shayton qilolmaydi deb ta'kidlanadi. Farhod va Shiringa qaytaylik. Dostondagi Farhod olishib yenggan ajdaho, Ahraman dev, temir odam shunchaki xayoliy, afsonaviy obrazlar emas, balki har bir inson (masalan, Farhod)ning botini (ichkiolami)dagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsollaridir. Farhodning oshiqligi uni bu nafs lashkari bilan kurashga otlantirdi, ishq unga kuch, sabot va iroda ato etdi. Ko'rinadiki, nafsni yengish quroli - bu ISHQ ekan. Tasavvufda ishq deganda Ishqning o'rni ko'ngilda bo'ladi. Ko'ngil ishq tufayli poklanadi. Ko'ngil poklansa, ishq yanada o'tli, nurli bo'ladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvufga ko'ra ko'ngilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o'rganiladi. Farhodning ustozlaridan kasb o'rganishini eslang. Ular shunchaki hunarmand ustalar obrazi emasdi. Boniy - ko'ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o'rgatgan piri komil. Moniy - Alloh ishqini qalbga nAQSHlash sirlarini anglatgan ustoz. Qoran - ko'ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid. Shular kabi yana Suhaylo, Suqrotdek ulug'lardan ishq sirlarini, poklanish ilmini o'zlashtirgan insongina hayotlik davrida o'z botinida dev, ajdaho, arslondek bo'lgan nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda duch keladigan o'z nafsiga qul Xusrav, Sheruya kabi odam qiyofasidagi shaytonlarga bas kela oladi. Bir so'z bilan aytganda, u insoniy o'zligini yo'qotmay, poklanish yo'lida davom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga