ALISHER NAVOIY TUYUQLAR 8-sinf adabiyot darsligi asosida 6-mavzu: TUYUQLAR Tuyuq haqida nazariy ma'lumotga egasiz. Uning sof turkiy she'riyatgagina xos janr ekanidan ham xabardorsiz. Mantiqan, turkiy she'riyatni haddi a'losida taraqqiy etti-rishni ko'zlab qalam tebratgan buyuk Alisher Navoiyning bu janrni chetlab o'tishi mumkin emasligini ham tasawur qilasiz, albatta. Shoir barcha tuyuqlarini bir yerga jamlab, «Badoye' ul-vasat» devoni tarkibiga kiritgan. Devondagi tuyuqlarning umumiy soni - 13 ta. «BORMOG'IN» TAJNISLI TUYUQ Necha dedim ul sanamg'a: «Bormog'in», Qilmadi ul tark oxir bormog'in. Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul, Aql hayrat qildi, tishlab bormog'in. Tuyuq shunday janrki, uning qofiyasida kelgan shaqlan bir xil so'zlar yoki so'zlar turkumining har satrda boshqa-boshqa ma'no anglatib kelishi kishida ajib bir zavq uyg'otadi. Ushbu tuyuqning 1- misrasi oxiridagi «bormog'in» so'zi hozirgi tilimizdagi «bormagin» ma'nosida kelgan («Necha bora u sanamga: «Bormagin», - dedim»). 2- misradagi «bormog'in»ni «bormog'ini» deb tushuni- shimiz kerak, satrdagi «oxir» so'zi esa «hech» ma'nosida ishlatilgan («U bormog'ini hech tark etmadi»). Demak, sanam lirik qahramonning gapiga kirmabdi. misrada sanamning qaysarligi («xudroyliq», ya'ni o'zboshimchalik qilgani) aytiladi («U shunchalik qaysarlik qildiki»). misradagi «bormog'in» so'zi «barmog'ini» degan ma'noda qo'llangan («Aql bundan hayratlanib, barmog'ini tishladi»). Tilimizda «barmoqni tishlamoq» degan ajoyib ibora bor. Odatda, iboraning ma'nosi bir so'zga teng kelishi kerak. Bu ibora «hayratlanmoq» degan ma'noning ta'sirchan ifodasi sifatida ishlatiladi. Ay on bo'lyaptiki, o'sha Navoiy yashagan XV asrda ham mazkur ibora mavjud ekan. Shuni ham o'quvchilarimizga eslatib ketishimiz kerakki, u davrdagi arab yozuviga asoslangan eski o'zbek alifbosida «bormagin», «bormog'in» va «barmog'in» so'z-lari aynan bir xil harflar bilan bitilgan. Shundan tajnis hosil qilingan. Shoirning yuksak badiiy mahorati shundaki, o'zaro shakldosh, ya'ni ohang jihatidan aynan bir xil so'zlarni tuyuq qofiyalariga olish orqali kitobxon ong-tafakkuri va ruhida ajib bir badiiy-tabiiy (badiiy-estetik) kayfiyat uyg'ota olgan. Tuyuq, aslida, ana shu lisoniy go'zallik asosiga quril-gan. Lekin unda zimdan sanamning qaysarligi, gapga kir-magani qoralanayotganini sezish qiyin emas. Aql bundan hayratlanib, barmog'ini tishlagani bayonida esa bilinar-bilinmas tarzda: «Birovning jo'yali maslahatiga kirmay, qaysarlik qilish ham aqldan emas», - degan g'oya ilgari surilayotganiga ham shubha yo'q. «SARVI GULRUX SORIDIN» TAJNISLI TUYUQ O'tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo'q xabar ul sarvi gul ruxsoridin. Hajridin bog' ichra berur yodima Qomatidin sarvu, gul - ruxsoridin. Tuyuq haqidagi nazariy ma'lumotdan bilib oldingizki, badiiy asarda tajnis hosil qilish uchun faqat tildagi tayyor shakldosh (omonim) so'zlardangina foydalanish shart emas. Chunki qalam sohibi bir necha so'z qo'shilmasi orqali ham ohoriy, ilgari tutilmagan, ya'ni tamoman yangi tajnislar ijod qilishi ham mumkin. Ushbu tuyuqda ham Navoiy shunday yo'l tutgan. 1-misradagi «sarvigul ruxsoridin» so'zlar tarkibiga 2-misrada «sarvigul ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.18 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.18 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: ppt