A. Qodiriy - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Qodiriy Reja: 1.A.Qodiriy merosi va uni o'rganishning ahamiyati. 2. A.Qodiriy XX asr o'zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, 3. O'zbek nasri taraqqiyotida, xususan, yangi o'zbek xajviy nasri taraqqiyotida A.Qodiriyning xizmatlari. 4. A.Qodiriy o'zbek realistik romanchiligi maktabining asoschisi. 5. O'tgan kunlar - birinchi o'zbek realistik romani. Romanda kalamga olingan hayot muammolari, xususan ona yurt birligi, mustaqilligi, ravnaki masalalari keskin tarzda qo'yilishi. 6. Mehrobdan chayon romaning o'ziga xosligi, unda feodal to'zumi chirkinligining fosh etilish. 7. Obid ketmon asarining 30-yillar o'zbek nasri rivojidagi o'rni. 8. A.Qodiriy ijodining o'zbek adabiyoti tarixida tutgan o'rni. O'zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida ulkan xissa qo'shgan va O'zbek romannavsligining otasi deb nom chiqargan san'atkor A.Qodiriy (Julkunboy) 1894 yilning 10 aprelida Toshkent shaxrining Beshyog'och daxasida bog'bon oilasida dunyoga keladi. Otasi Qodir bobo savdo ishlari bilan, keyinchalik, keksaygach, bog'bonlik bilan shugullangan. A.Qodiriy o'z tarjimai xolida shunday yozadi: Boshda boy oilada tug'ilishimmi yoki kambagal oiladami, bunisini bilmayman, ammo yoshim 7-8 ga etgach, kornim oshga tuymaganidan aniq bildimki, besh jonning tomogi faqat 80 yoshlik bir chol otamning mehnatidan, yani bog'ning yozda etishtirib beradigan hosilidan kelar edi. Agar bahor yomon kelib, bog' mevalari, ofatga uchrab kolsa, biz xam ochlikka duch kelib, kishi bilan javrab chiqar ekanmiz. Binobarin, yozuchining yoshlik choqlari xiyla ayanchli kechadi. Shuning uchun xam u yoshlik kezlari boy va savdogarlar kulida xizmat qilib, etarli darajada taxsil ko'ra olmaydi. Shunga qaramasdan A.Qodiriyning bilimiga, adabiyotga qiziqishi aslo sunmaydi. U dastlab eski usuldagi maktabda, so'ng 1908-1912 yillarda rus to'zem maktablarida ukib, uni alo baholarga bitirib, xatto Toshkent generallar gubernatori Samsonovning kumun soat bilan takdirlashiga sazovor bo'ladi. Abdulla maktabni bitirgach 1912 yili RasulMuhammad boyga prikazchiq, yani mirzo bo'lib ishga kiradi. Bu savdogar boy insofli-adolatli ziyolilarni juda xurmat kilar edi. Abdulla boyning xonadonida va savdo dukonida yashab juda ko'plab ana shunday ilg'or fikrli ziyolilar bilan tanishadi va ulardan savdo ishlarini o'rganadi. 1914 yili u boyning kizi rahbaroy bilan turmush ko'rib, undan ikki ugil, ikki kiz ko'radi, yani Nafiza, Adiba, Xabibullo, Masudlar bilan osuda hayot kechiradi. Yosh yozuvchining ilk ijodiy faoliyati xam shu davrga 1913-1914 yilarga to'g'gri keladi. U shu kezlarda chiqib to'rgan Sadoi Turkiston, Samarkand, Oyna kabi gazeta va jurnallar bilan muntazam tanishib borib, o'zi xam keyinchalik ularga kichiq-kichiq xabar va maqolalar yozib turadi. (Aslini olganda Abdulla mazkur gazeta va jurnallarni boyning karamogidan olib ukib turadi). A.Qodiriy xam ko'pchilik yozuvchilar singari ilk ijodida sheriyatga qiziqadi. Uning 1915 yilda Oyna jurnalida elon qilingan ahvolimiz, Millatimga, Tuy kabi sherlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Muallifning mazkur sherlari va ayniqsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.44 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.44 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga