A.S Pushkin hayoti va ijodi Rus xalqining ulug' shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yil 6-iyunda Moskvada kambag'allashib qolgan dvoryan oilasida tug'ildi. Uning onasi Nadejda Osipovna buyuk Pyotrning arabi deb shuhrat qozongan, keyinchalik general darajasiga ko'tarilgan Ibrohim Gannibalning nevarasi edi. Otasi Sergey Lvovich kambag'allashib qolgan dvoryanlardan bo'lib, ma'rifatli, adabiyotni yaxshi ko'radigan odlam bo'lgan. Ya'ni shoirning otasi adabiyotga juda qiziqqan bo'lib, uning boy kutubxoasi ham bor edi. Aleksandrning amakisi Vasiliy Lvovich Pushkin bo'lsa o'zi she'rlar ham yozib turar, zamonasining taniqli shoiru adiblari bilan yaqin muloqotda bo'lardi. Pushkinlar xonadoniga N.M.Karamzin, I.I.Dmitriyev, K.N.Vatyushovlar tez-tez kelib turganlar. Pushkinning ota-onasi farzandini chet ellik tarbiyachi - guvernerga (guverner-murabbiy, tarbiyachi) topshirgan edi. Pushkinning guvernerdan olgani shu bo'ladiki, u yetti yoshga kirganida fransuz tilida mukammal o'qiy va yoza oladigan bo'ladi. Biroq fransuz tarbiyachilari Pushkin tarbiyasiga foydali ta'sir ko'rsata olmaganlar. Bolalik chog'larida Pushkinda buvisi Mariya Alekseyevna Gannibal chuqur taassurot qoldirdi. Mariya Aleseyevna nevarasini behad yaxshi ko'rgan, unga ko'p vaqtini bag'ishlagan. U yosh Pushkinni rus tilida o'qish va yozishga o'rgatdi, unga ajoyib xalq ertaklarini aytib berdi. Shuningdek, Rossiyaning qadimgi turmushidan jonli hikoyalar aytib bergan. U nevarasiga, ayniqsa, podsho Pyotr I ning faoliyati haqida, bobokaloni Gannibal to'g'risida gapirishni yoqtirgan. Rus krepostnoy dehqonlari, uy xizmatkorlari Pushkinning eng yaqin do'stlari edi. Pushkin enagasi Arina Rodionovnani hammadan ham ko'proq sevar edi. Pushkin buvisi va enagasidan eshitgan ertak va qo'shiqlarni umrbod esida saqlab qoldi. Ular Pushkinda ona tili va xalq poeziyasiga muhabbatni uyg'otdi. Pushkinning o'zi kun bo'yi otasining kutubxonasida bo'lar, boshini ko'tarmay kitob o'qir edi. U o'n besh yoshga qadam qo'yganida rus va fransuz tilidagi ko'p kitoblarni va badiiy asarlarni o'qib chiqdi, anchasini yod oladi. Badiiy adabiyotni tinimsiz o'qishi, enagasidan va buvisidan eshitgan ertak va hikoyalari Pushkinda ijodga bo'lgan ischte'dodni barvaqt uyg'otdi. U har xil janrlarda qobiliyatini sinab ko'rdi: masallar, she'rlar, doston va komediyalar yozdi. 1811 yilda Peterburg yaqinida Sarskoye Seloda o'rta va oliy ma'lumot beradigan maxsus o'quv yurti - litsey ochildi. Pushkin 12 yoshga to'lganda amakisi Vasiliy Lvovich uni Moskvadan Peterburgga olib keladi. Yosh Aleksandr qabul imtihonlarini topshirib, mana shu litseyga kirdi. Bu litsey podsho Aleksandrning buyrug'i bilan nufuzli dvoryanlarning bolalari uchun ochilgan bo'lib, undan podshoning umidi katta edi. Ammo podshoning bu umidlari puchga chiqdi. Pushkin va u bilan birga o'qishga kirgan o'ttizta o'smir litseyning birinchi talabalari edi. Ular tezda do'stlashib ketishadi. Litsey yopiq o'quv yurti edi: tarbiyalanuvchilar litseyda ham o'qir, ham yashar edilar. Litsey o'quvchilari o'qituvchilar bergan bilim bilangina cheklanib qolmay, hayot va kishilar haqida yana ham ko'proq bilim olishni istar edilar. Ular, ayniqsa, adabiy ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: ppt