Abay ijod yo'li Abay (1845-1904) Qozoq klassik adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma'rifatparvar Abay (Ibrohim) Qo'nonboev Qozog'istonning Semiy viloyatiga qarashli Ayako'z tumanining Chingiztog' rayonida Qoyauy ovulida chorvador oilasida tug'ildi. Yoshlik chog'larida madrasada o'qidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab, rus tili va adabiyotini o'rgandi. Abay hayoti Shoirning asli oti Ibrohim bo'lib,onasi Uljon va otasining onasi Ziyrak momo yomonidan erkalab Abay deb chaqirilardi. Keyinchalik bu nom shoirning taxallusiga aylandi. O'nikki yoshidan Orenburgdagi madrasada tahsil oldi. Abayning adabiyotga kirib kelishida onasi va momosining roli katta bo'ldi. Abay o'n ikki yoshidan she'r yoza boshladi.Ammo she'r yozishiga otasi qarshi chiqadi. Shuning uchun ham uzoq vaqtgacha she'rlarini hech kimga ko'rsatmaydi. U o'ttiz yoshilariga yetganda adabiyot olamiga qaytadan kirdi. 1886-yilda Yosh she'rini birinchi marta o'z imzosi bilan e'lon qildi. Buyuk shoir o'z ijodida Firdavsiy, Navoiy, Nizomiy, Yassaviy, Fuzuliy shoirlar ijodidan bahramand bo'lgan. Pushkin ,Lermontov asarlarini qozoq tiliga tarjima qildi. Abay 17ta kuy bastalagan. Abay she'rlarini, Iskandar, Ma'sud, Azim rivoyati asarlarini o'zbek tiliga Mirtemir va Uyg'un tarjima qilgan. Ma'rifatparvar shoir 1904-yili 6-iyulda vafot etadi. O'lan O'lan - so'zning poshshosi, so'z sarasi, Qiyindan qiyiltirar yer donosi, Tilga yengil, yurakka iliq tegib, Tep-tekis, silliq kelsin aylanasi. Saralanmay bulg'ansa so'z orasi, Bu - oqinning bilimsiz-bechorasi. Ham oqin, ham tinglovchi ko'pi nodon, So'z tanimas bul yurtning bir porasi. So'z boshi avval hadis, oyat bo'lur, Shirasi ham ma'nosi g'oyat bo'lur. Payg'ambar h-am so'zini o'lan qilgan; O'lan aytay, shoyadki ko'nglim to'lur. O'landay xutba o'qib keksa mullo, O'lan aytib yig'lagan valiyullo, Hamma ham chamasicha o'lan o'qir, O'lan bilan yozilgan kalimullo. Ko'klam Ko'klam kelsa, qolmaydi qishning izi, Qulp urar ko'kalamzor yerning yuzi; Jon kiradi borliqqa, tabiatga, Ona yanglig' jilmayar kunning ko'zi. Kulishar, o'lan aytar yigit-yalang, Utovda o'tirolmas qari-qartang; Jon-jonivor, odamizod yayrab ketar, Qushlarning qo'shig'idan havo jarang. Qirdagi, soydagi el aralashar, Qo'y qo'zilab, oyoqqa o'ralashar, Qish bo'yi bir-birini ko'rmaganlar Quchoqlashar, o'ynashar, hol so'rashar. ASARLARI Dostonlari: Iskandar, Mas'ud, Azim rivoyati. Falsafiy -didaktik asari: Qorako'z'' She'rlari: Qish, Burgutchi, Kuz, Sho'rlik qozog'im, Ilm o'rgan, O'lan, Ko'klam Naqliya so'zlar O'zbek adabiyotiga Nasihatlarnomi bilan mashhur bo'lgan. Naqliya so'zlar 44 hikoyatdan iborat. O'zbek tilida Abayning O'lan(1945) va Abay Qo'nanboyev degan nom ostida ayrim asarlari tarjima qilinib bosilgan. O'TTIZ BIRINCHI SO'Z Kishi eshitgan narsasini unutmaslik uchun to'rtta shart bor: avvalo, buning uchun zehnli bo'lmoq kerak; ikkinchidan, bir narsani ko'rganda yo eshitganda - unga chin yurakdan ixlos qo'yib, fahm-farosat bilan uqib olmoqlik lozim; uchinchidan, eshitganlarini ichida bir necha marta takrorlab, ko'ngilga jo qilmoq kerak; to'rtinchidan, ko'ngilga boshqa narsalarni mutlaqo keltirmaslik va kelsa ham unga zarracha ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
257.55 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
257.55 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: pptx