Abdulhamid Cho'lpon (1897-1938) Reja: Cho'lpon hayoti va ijodi Cho'lpon lirikasi Cho'lpon ijodida xalq va vatan obrazlari Cho'lpon adabiyotshunos Cho'lpon XX asr o'zbek adabiyotining eng mashhur namoyondalaridandir. Uning hayotiy va ijodiy faoliyati adahiyotimizning eng yorqin sahifalaridan birini tashkil qiladi. U badiiy ijodning deyarli hamma turi bilan faol shug'ullanadi. Shuningdek, yangi o'zbek she'riyatining asoschisi bo'lib tarixga kirdi. Cho'lpon taxallusi bilan shuhrat topgan. Abdulhamid Sulaymon 1897 yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida dunyoga keldi. Otasi Sulaymon Mulla Muhammadyunus o'g'li (1874 - 1929) bazzoz edi. Bazzoz -gazlamafurush degani. Ma'lumotlarga qaraganda, Sulaymon bazzoz zamonasining ko'zi ochiq ziyolilaridan bo'lib, Rasvo taxallusi bilan she'rlar yozgan, xatto devon tartib qilgan. Abdulhamid dastlab eski maktabda song Andijon, Toshkent madrasalarida o'qiydi. Shuningdek Andijondagi rus - tuzum maktabida ham taxsil olgan. Yoshlikdan matbuot bilan tanishib brogan. Bo'lajak shoirning shakllanishida Zakm Validiy katta rol o'ynagan. Mutaxasislarning aniqlashlaricha Sadoiy Turkiston ning 1914 yil 29 aprel sonida chop etilgan. Qurboni jaholat hikoyasi Cho'lponning birinchi nasriy asaridir. Dastlabki asarlari Abdulhamid Sulaymon, Abdulhamid Sulaymoniy, imzolari bilan bosildi. So'ngroq Qalandar, Mirzaqalandar va nihoyat, Cho'lpon taxalluslari bilan chiqdi. Tariximizga Cho'lpon nomi bilan kirdi. 1922 - yilda Toshkentda chop etilgan O'zbek yosh shoirlari she'riy to'plami (antalogiyasi)da uning 14 she'ri bosilib chiqadi. Shu yili Uyg'onish nomi bilan uning birinchi she'riy to'plami e'lon qilindi. 1923 yilining boshlarida esa ikkinchi she'riy to'plami Tong sirlari va Yorqinoy pyesasi chop etildi. Bu davrga kelib u zamonasining eng mashhur shoiri bo'lib topildi. Cho'lpon adabiyotning juda ko'p va tur janrlarida samarali ijod etgan bo'lsa - da, shoir sifatida ko'proq shuhrat topdi. 1921 yilda Buxorada yozilgan. Xalq she'ri shoir filer qarashlarini aniqlashda benihoya muhim ahamiyatga* ega. Muallif, birinchidan, xalqning buyuk kuch ekanliginiyaxshi anglaydi. Ikkinchidan, o'lkaning ozod bo'lib. mustaqillik olishini uning istagi hisoblaydi. Uchinchidan, ijod ahlini uning bilan hamisha birga bo'lishga, o'zi aytmoqchi quchoq ochib xalq ichiga kirishgaundaydi: Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochib xalq ichiga boraylik. Cho'lpon tabiati lirik shoir edi. Ammo u yashagan davr shoirdan lirik qahramonning ruhiy olamidagi jilvalardan ko'ra xalq va mamlakat hayotidagi holatlarni tasvirlashni ko'proq taqozo etdi. Shuning uchun ham Cho'lpon siyosiy va ijtimoiy mazmun bilan yo'g'rilgan she'rlarni ko'proq yozdi va biz Cho'lponni eng avvalo Ko'ngil, Kurash, Kishan, Vijdon erki singari she'rlar muallifi sifatida bilamiz. 3.Cho'lpnning dramaturgik ijodi to'g'risida baho berganda, adabiyot va teatrshunos olimlar odatda uning Mushtumzo'r, ''O'rtoq Karimboyev, Yorqinoy va Xujum pyesalarini tilga oladilar. Garchand dastlabki ikki pyesaning matni hozircha topilmagan bo'lsa - da, bu asarlarning 1928 - 1929 yillarda O'zbek Davlat drama teatri sahnasida qo'yilgani to'g'risida ma'Iumotlar mavjud. Cho'lpon ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.5 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.5 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:41 ]
Arxiv ichida: doc