Abdulhamid Cho'lpon Kecha va kunduz

Abdulhamid Cho'lpon Kecha va kunduz

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulhamid Cho'lpon Kecha va kunduz - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 21-mavzu: Abdulhamid Cho'lpon «KECHA VA KUNDUZ» ROMANI HAQIDA Abdulhamid Cho'lpon adabiy merosining ma'lum qismini nasriy asarlar tashkil etadi. O'z davri adabiy hayotida shoir sifatida tanilgan Cho'lpon she'rlar bilan birga «Qurvoni jaholat», «Qor qo'ynida lola», «Novvoy qiz», «Oydin kechalarda» kabi hikoyalar yozadi. 30-yillarda «Kecha va kunduz» romani ustida jiddiy ishlaydi. Adib bu asarni, nomidan ma'lum bo'lganidek, ikki qismli qilib yozishni rejalashtiradi. 1936-yil romanning birinchi qismi alohida kitob shaklida bosilib chiqdi. Ikkinchi qismining taqdiri noma'lumligicha qoldi. Adib qatag'onidan keyin uning boshqa ijod namunalari kabi ushbu romanni ham uzoq yillar o'quvchilar nazaridan berkitildi; uni o'qish taqiqlandi. Oradan yarim asr o'tgach, kitobxonlar e'tiboriga qayta taqdim etildi. Mustaqillik yillarida esa roman adabiyotshunos olimlar tomonidan jiddiy o'rganildi. «Kecha va kunduz» romani Cho'lpon ijodiy biografiyasida ham, o'zbek romanchiligi tarixida ham alohida o'rin tutadi. Chunki bu asarda Cho'lponning hayotda orttirgan bilim va tajribalari, she'riyat va dramaturgiya sohasida erishgan badiiy mahorati jamlandi. Shuning uchun romanni o'qiganda uni shoirona ko'ngil egasi yozgani, ko'p o'rinlarda yozuvchining lirik kayfiyati yaqqol sezilib turadi. Cho'lpon XX asr boshlaridagi Turkiston ijtimoiy muhiti, xususan, chorizmning bosqinchilik siyosatining ichdan yemirilib borayotgani, mahalliy amaldorlarning razil qilmishlarini real aks ettiradi. Muallif millatparvar adib sifatida o'zbek xalqining turmushida boshlangan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviyma'rifiy o'zgarishlarni, yuragini o'rtagan hayotiy muammolarni zo'r mahorat bilan bayon etadi. Asar boshidagi oddiy bir oilaning ma'naviy muhit tasviri bora-bora romanning badiiy matni mohiyati-negizida o'zlik va dunyoni anglash, ma'rifat va hurlik kabi millat taqdiriga bog'liq haqiqatlar bilan uyg'unlashib ketadi. Nasriy asarlarda ijodkorning tasvirlan ayotgan voqea-hodisalarga nisbatan nuqtayi nazari muhim sanaladi. Bu jihat muallifning bosh badiiy g'oyasi uchun xizmat qiladigan obrazlar tizimida, yaqin tarixdagi ijtimoiy tuzumga tegishli masalalarning badiiy muhokama qilinishida ko'rinadi. Shunga ko'ra romanni to'liq o'qigan o'quvchi e'tiborga molik bir qancha o'ziga xos badiiy qahramonlarni juda yaxshi eslab qoladi. Ularning muomala-munosabatlari, oralaridagi ziddiyatlar, davr voqeligini baholashlari juda isxonarli badiiy talqin etiladi. Xususan, romandagi Akbarali mingboshining o'z baloyi nafsiga o'ralashib, aysh-u ishratga berilishi, Miryoqub epaqaning ijtimoiy-ma'naviy tarafdan din amik o'sa boshlash jarayoni ko'rsatiladi. Oxir-oqibat beg'ubor bir qiz Zebining ayanchli qismati kitobxon qalbini larzaga soladi. Darvoqe, yuqorida siz o'qigan parcha romanning boshlanish qismidan olingan. Roman uchun tanlangan «Hamal keldi - amal keldi» degan epigrafga ham diqqat qilgansiz, albatta. Hamal - shamsiy yil hisobiga ko'ra bahorning birinchi oyi, unda muzlar erib, tabiat qish uyqusidan uyg'onadi; yerga urug' qadaladi va ko'katlar unib o'sa boshlaydi. Shunda «yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon» yugura boshlaydi. Adib xuddi shu holatni juda ta'sirchan, tabiiy va maroq bilan shoirona tasvirlaydi. «Tollarning ko'm-ko'k sochpopuklari qizlarning mayda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.71 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.71 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga