Abdulla Avloniy 28 varaq

Abdulla Avloniy 28 varaq

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Avloniy 28 varaq - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Avloniy (1978-1934) Abdulla Avloniy shoir, yozuvchi, dramaturg, ammo pedagogika uning hayotidagi muhim sahifani tashkil etadi. U faoliyatning ilk bosqichidan to umrining so'nggi damlarigacha o'qituvchilik qildi, pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan mustaqil shug'ullandi, darsliklar yaratdi. Aytish mumkinki, u musulmon sharqi pedagogikasining katta bilimdoni, shu bilan birga, XX-asr zamonaviy o'zbek pedagogikasining asoschisi, o'zbek tili va adabiyoti o'qitish metodikasi fanining tamal toshini qo'ygan mutafakkiridir. Abdulla Avloniy 1878-yilning 12 iyo'lida Toshkentning Shayxovand Tahur daha, Mergancha mahallasida tug'ildi. Bobosi Mirne'matboy asli qo'qonlik bo'lib, o'qchi-yoychi, otasi Miravlon esa to'quvchi-hunarmand edi. U Toshkentning ruslar yashaydigan qismi Piyonbozor (hozirgi Navoiy nomli teatr maydoni)da, yarmarka bozori (hozirgi San'at muzeyi atrofi)da yoymachilik qilib, bo'z va chit bilan sovda qilar edi. Yosh Abdulla O'qchi mahallasidagi eski maktabda savod chiqardi, 1890-yildan mahalla madrasasida, so'ng Shayxovand Tahurdagi Abdumalikboy madrasasida Mulla Umar Oxund qo'lida tahsil ko'ra boshladi, ammo oilaviy sharoitning og'irlashuvi o'qishni davom ettirishiga imkon bermadi: 14 yoshidan boshlab mardikorchilik, 18 yoshidan ustalik, suvoqchilik, duradgorlik, pechkachilik ishlari bilan shug'ullandi. Keyinchalik tarjimai holida quyidagilarni yozadi: «Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim». 1900-yilda Abdullani toshkentlik bir savdogarning Salomatxon ismli qiziga uylantiradilar, shu yili otasi vafot etib, oilani tebratish mashaqqatlari asosan uning zimmasiga tushadi, endi u faqat bo'sh vaqtlardagina mustaqil mutolaa bilan shug'ullanadi, Rusiyaning turli shaharlarida chiqib turgan gazeta va jurnallar bilan tanishib boradi, «Tarjimon» gazetasini o'qib, zamondan xabardor bo'ldi. 1904-yilda Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida eski maktablardan farq qiluvchi usuli jadid maktabi ochdi va o'zi mudirlik hamda o'qituvchilik qildi. Shu vaqtdan uning pedagogik faoliyati boshlandi, maktabning dovrug'i Toshkentning uzoq chekkalariga ham tez tarqaldi. Ushbu maktabning birinchi o'quvchilaridan, uzoq yillar Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) pedagogika kafedrasiga mudirlik qilgan, marhum pedagog olim Yusuf Tohiriy mazkur maktab va uning o'qituvchisi A.Avloniy haqida quyidagi xotiralarini yozib qoldirgan edi: «Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo'l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug'i butun shaharga tarqaldi. Shammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o'qish-yozishni o'rgatarmish, jo'g'rofiya, hisob, tabiatni o'rganish degan darslar o'qitilarmish», - degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko'rishga hammamiz oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-to'rttamiz borishga jazm qildik. Maktab pastakkina, nimqorong'u bo'lib, masjid yo'lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug'lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg'ir ham tushib turardi. Lekin xonada o'quvchilar va o'qimoq uchun kelganlar soni ko'p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 482.74 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 482.74 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga