Abdulla Avloniy ma'lumotlar

Abdulla Avloniy ma'lumotlar

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Avloniy ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Avloniy o'zbek shoiri, dramaturg va taniqli jamoat arbobidir. XX asr boshlarida 30-yillarning o'rtalarida bo'lgan o'zbek matbuoti va adabiyoti, shuningdek, ma'rifatni va maorifni Abdulla Avloniysiz tasavvur etish mumkin emas. Abdulla Avloniy Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda hunarmand oilasida tug'ildi. Eski maktabda savod chiqardi, madrasada tahsil oldi. Oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qildi. Mardikorlikdan tortib duradgorligu g'isht quyishgacha, suvoqchilikdan tortib tunukasozlikkacha bo'lgan kasb-korlaribilan shug'ullandi Hayot o'zining qaysi og'ir ko'chalariga olib kirmasin, yosh Abdulla doimo o'qishga, ilm olishga chanqoqlik bilan yashadi. Shu boisdan, aksar yillari kuz va qish yillari o'qib, bahor va yozda oila tirikchiligiga qarashdi. O'n besh yoshlarida she'rlari matbuotda ko'rindi. Abdulla Avloniy El-yurt ichida bo'lish, turli daraja va toifa odamlar suhbatidan bahramand bo'lish Abdullaga zamonaning ilg'or tamoillari, yangiliklari va zamondoshlarining hayotga turlicha qarashlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini tug'dirdi. Bu shart-sharoitlar natijasida unda matbuotga havas erta uyg'ondi. Abdulla Avloniy Turkiston, Tatariston, Kavkazda nashr etiluvchi qator gazeta va jurnallarni kuzatib borish uning dunyoqarashi shakllanishida muhim omil bo'ldi. Jadidchilik harakatining rahbarlaridan biri bo'lgan Avloniy o'lkada uning ham nazariyotchisi, ham amaliyotchisi sifatida ko'p ishlarni amalga oshirdi. 1904-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi yo'nalishdagi jadid maktabini ochdi, o'zi unga mudirlik va o'qituvchilik qildi. 1909-yilda kambag'al, yetim-yesirlarga ko'mak beruvchi Jamiyati xayriya degan uyushma etdi. Abdulla Avloniy hayot faoliyati Turkistonda yuritilayotgan istibdod siyosatiga ham, o'lkaning o'zidagi yurtfurush amaldorlarning zulm - zo'ravonligiga bir kun kelib chek qo'yishini aytadi. Avloniy faoliyatida gazetachilik, teatr ishlari, o'qituvchilik alohida o'rin tutadi. U Oktyabr o'zgarishiga qadar Shuhrat (1907), Turon (1917) nomli gazetalarni chiqardi, ma'lum muddat Turkistonning ilg'or va mashhur gazetasi Sadoi Turkistonda faoliyat ko'rsatdi, sho'rolar davrida esa 1918-yilda Ishtirokiyun gazetasida muharrir bo'lib ishladi. Abdulla Avloniy hayot faoliyati Turon gazetasiga Avloniy Yashasin xalq jumhuriyati! degan shiorni tanlagan edi. Bu orzu deyarli 70 yil o'tganidan so'ng bizning kunlarimizda amalga oshdi. Avloniy she'r, qo'shiq darsliklaridan tashqari bir qator pyesalar muallifi hamdir. Uning Advokatlik osonmi? (1914), Pinsk (1916), Biz va Siz (1917) kabi sahna asarlari o'zbek dramaturgiyasining shakllanishida munosib o'rin tutdi. U Ikki muhabbat, Portugaliya inqilobi nomli pyesalar yozgan. U 1934-yilda vafot etdi. Abdulla Avloniy Avloniyning asr boshidagi bu xasratli nidosi buyuk bobolarimiz arvohlarining ruhi yanglig' turkistonliklar boshi uzra deyarli sakson yil davomida charx urib yurdi. Axloqiy-falsafiy mazmunga ega bo'lgan Turkiy Guliston… badiiy teran va go'zal asardir. U Axloq, Tarbiya, Yaxshi xulqlar, Yomon xulqlar deb nomlangan kimsalarga bo'linadi. Ularning ichida har bir axloqiy tushunchani yuritishga alohida parcha ajratiladi va u mo'jaz naql, ixcham hikoyatlar bilan bezaladi-pedagogik mazmun badiiy va tarixiy obrazlar vositasida yanada mustahkamlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, ppt
Fayl hajmi 675.05 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: zip, ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, ppt
Fayl hajmi 675.05 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, ppt
Tepaga