Abdulla Oripov she'riyati to'g'risida Subtitle here Reja: Abdulla Oripov she'riyati to'g'risida Abdulla Oripov lirikasi orqali o'zbek she'riyatiga ko'ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan izlar tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so'zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko'tarinki, ammo yolg'on satrlar tizish odat edi. Mavzuni she'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekanligi muhimroq sanalardi. Abdulla Oripov tuyg'ulari quqshagan o'zbek she'riyatiga o'ychil g'am va g'amga qorishgan o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi. Binobarin, bir odam to'g'risida hayqirish, baqirish noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi. O'tgan asrning 60 - 70 - yillarida Abdulla Oripov she'riyati o'zbek millatini tuyg'ularning qurib qolishidan saqlab qoldi. Shuning uchun ham shoirni o'zbek she'riyatida o'z davrini yaratgan ijodkor deyish mumkin. Chunki chinakam iste'dodgina davrning to'siqlari, cheklovlarini yengib o'ta oladi. Har qanday zamon va har qanday sharoitda ham asl iste'dod davridan marhamat kutmaydi, balki unga o'z ta'sirini o'tkazadi. Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obrazlaridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she'r emas, balki ayrim misralarning o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi. Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini. Asahlar tuproqqa cho'kkan edi tiz tarzida beradi. O'zining pokiza yoshlik davrini esa Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat' - deya ifodalaydi. O'zbek xalqining yig'ma obrazi: Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening o'ylarim tarzida umumlashtiriladi. Shoirning: qaro sochlaringda oppoq alanga degan tashbihi aniqligi bilan ham, ta'sirchanligi bilan ham ko'ngilni rom etadi. «Shabnam shovullaydi bog'lar qo'ynida Salqin tumanichra ho'zarar tonglar, Quyoshning erinchak yog'dularida Nafis yaltiraydi bargi xazonlar». Uning she'riyatida vatan timsoli qanday chizilganiga e'tibor qiling: Abdulla Oripov she'riyatini millat rullining timsoliga aylantirgan sifatlardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murakkab holatlarni ham g'oyat ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta'sirli qilib o'zbekcha ifodalay bilish shoir she'rlarining qimmatini oshiradi. Shoir deyarli hamisha she'riy ifodaning aniq va sezimlarga ta'sir ko'rsata oladigan bo'lishiga erishadi. Uning: Oyoqlangan qo'ziday dovdirar yelda maysa, Ko'm-ko'k moviy osmonda kezib yurar oq bulut kabi satrlarida qo'llanilgan tasllbihlar hayotiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi. A.Oripov ko'z oldiga keltirish mushkul, ifodalash undan-da og'ir bo'lgan sezimlarni mavhum ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.29 MB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.29 MB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:42 ]
Arxiv ichida: pptx