Abdulla Oripov she'riyatida so'z va obraz

Abdulla Oripov she'riyatida so'z va obraz

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Oripov she'riyatida so'z va obraz - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Oripov she'riyatida so'z va obraz MAGISTRLIK D I S S E R T A S I YASI MUNDARIJA KIRISH …… 3 I. Bob. SO'ZNING SEHRLI SALOHIYATI 1.1. Obraz yaratishda o'xshatishlarning o'ziga xosligi …… 8 1.2. Shoir she'riyatida kontrast obrazlar…… 20 Bob yuzasidan xulosalar.…… 30 II. Bob. SO'ZNING POETIK MA'NO JILOLARI 2.1. Maqollardan foydalanishdagi shoirning o'ziga xosligi ……. 31 2.2. Ma'noni kuchayishida takror so'zlarning o'rni …… 42 Bob yuzasidan xulosalar …… 47 II. Bob. SO'Z VA OBRAZNING METAFORIK TALQINI 3. 1. So'zning poetik xususiyatlari ……49 3.2. So'z va obrazning badiiy nutqdagi o'rni ……70 Bob yuzasidan xulosalar …… 88 UMIMIY XULOSA…… 89 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI…… KIRISH Mavzuning dolzarbligi: XX asr o'zbek adabiyoti tarixida 60-yillar avlodining alohida o'rni bor. Bu avlod ijodida milliy o'zlikni anglash, Vatanni e'zozlash, milliy urf-odatlarni targ'ib-tashviq qilish, milliy his-tuyg'ularni tarannum etish tamoyillari yetakchilik qilar edi. Davrning tabiiy bir ehtiyoji bu avlod zimmasiga an'anaviy she'riyatni yangilash va badiiy tafakkurda teranlashuvdek o'lkan bir vazifani yuklagan edi. Ijod ahli xalq diliga yaqinlashdi, xalqning dardu alamlariga sheriklik tuyg'ularini ilgari surdi; ramzlar vositasida o'z millatining tutqunlikdan ozod bo'lishdek ezgu istagini bayon qildi. Bu avlod vakillari ijodida badiiy san'atning ko'plab turlarida qalam tebratuvchi ijodkor ahli yetishib chiqdi. Haqiqatan ham yozuvchilik - bu oddiy kasb emas, pesxonaga yozilgan taqdir. Uning maktabi ham, dorulfununi ham bitta. U ham bo'lsa bir umr hayotning ichida bo'lish, o'z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo'lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir.1 Rus adibi A.Ostrovskiy ta'kidlaganidek, xalq yozuvchisi bo'lish uchun xalqni yaxshi bilish kerak. Shu xalq bilan chambarchas bog'langan bo'lish, uzviy birlashib ketish kerak.2 Abdulla Oripov o'z asarlarida xalqimiz dilidagi orzu-armonlarni badiiy tasvirlab, inson ruhiyatini murakkabliklari bilan ifodalashga harakat qildi. U nimalar haqida yozmasin, - deb yozadi akademik B.Nazarov , Zamon va Abdulla Oripov she'riyati nomli maqolasida, - zamonning eng muhim dardi deb o'z xalqi bilan aloqador muammolarga e'tibor qaratadi. Vatan taqdiri, buguni, kelajagi bilan daxldor misollar shoir uchun zamonning eng dolzarb muammolari bo'lib qoldi.3 Muammoning o'rganilganlik darajasi: Adabiyotshunosligimizda shoir she'riyatining o'ziga xos xususiyatlari va badiiy mahoratini o'rganishga bag'ishlangan bir qator ko'lamli tadqiqotlar mavjud. O'zbekiston Qahramoni ustoz Ozod Sharafiddinov, akademiklar M.Qo'shjonov, B.Nazarov, taniqli adabiyotshunoslar Ibrohim G'afurov, Suvon Melilarning Abdulla Oripov ijodiy yo'lining shakllanishi, shoir she'riyatidagi tadrijiylik va mahorat qirralari atroflicha o'rganilgan. Aytish joizki, adabiyotshunosligimizda Abdulla Oripovshunoslik yo'nalishi yuzaga keldi. N.Karimov, U.Normatov, B.Qosimov, I.Haqqulov va N.Jabborovlar aynan Abdulla Oripov ijodiga bag'ishlangan maxsus ilmiy tadqiqot yaratmagan bo'lsalar-da, ularning qator maqolalari va kitoblarida shoir she'riyatidagi mahorat qirralari o'rganilgan. Shoir ijodiga bag'ishlangan tadqiqotlar orasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.21 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.21 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga