Abdulla Oripov she'rlar

Abdulla Oripov she'rlar

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Oripov she'rlar - rasmi

Material tavsifi

10-sinf adabiyot darsligi asosida 22-mavzu: ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI «MUNOJOT»NI TINGLAB Qani ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan bag'rimni, ohang. Nechun kerak bo'ldi senga ko'z yoshim, Nechun kerak, rubob, senga shuncha g'am! Eshilib, to'lg'anib ingranadi kuy, Qaylardan kelmoqda bu oh-u faryod. Kim u yig'layotgan, Navoiymikin, Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod! Bas, yetar, cholg'uchi, bas qil sozingni, Bas, yetar, ko'ksimga urmagil xanjar, Nahotki dunyoda shuncha g'am bordir Agar shu «Munojot» rost bo'lsa agar. Agar aldamasa shu sovuq simlar, Gar shul eshitganim bo'lmasa ro'yo. Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo! Eshilib, to'lg'anib ingranadi kuy, Asrlar g'amini so'ylar «Munojot». Kuyi shunday bo'lsa, g'amning o'ziga Qanday chiday olgan ekan odamzod! «MUNOJOT»NI TINGLAB» SHE'RI HAQIDA Siz «Munojot» ko'yini hech tinglaganmisiz? «Munojot» so'zining lug'aviy ma'nosini bilasizmi? Bu she'rda shoirning «Munojot» ko'yini tinglagandan keyingi kay਀yati juda teran ifodalangan. She'r shoirning kuyga, rubob va chalg'uvchiga murojaati uslubida yozilgan. Munojot - g'amli kuy. «Munojot» so'zi arabcha bo'lib, yordam so'rash, yolvorish, yalinish, najot so'rash ma'nolarini anglatadi. Ma'lumki, «Munojot» - o'zbek mumtoz musiqasi tarixida juda katta o'rin tutadigan asarlardan biri. Uning ohangida g'amginlik, inson qalbiga mahzunlik beradigan dard bor. Dard tufayli lirik qahramon ko'ziga yosh keladi, bag'ri tiklanadi. Kuy shoirga kimlarningdir yig'isi, oh-u faryodi bo'lib eshitiladi. Shunda Navoiy, Xayyom bejiz eslanmaydi. G'am ko'lami katta, u kecha yo bugun paydo bo'lgan emas, uning yukini odamzod ko'tarishi oson emas. Kuy shunchalar mahzun bo'lsa, asil dard-u g'amning o'zi qanday ekan? Kuyi shunday bo'lsa, g'amning o'ziga Qanday chiday olgan ekan odamzod! Shoir shuni mulohaza qiladi. O'quvchini fikrga chorlaydi. Asrlardan oshib kelgan g'am va alamlardan kuy paydo bo'lgan. Kuy, qo'shiq va she'r hamisha inson dardi, qalb holatining in'ikosi tarzida dunyoga keladi. «Munojot»ni tinglab» shulardan biriga juda yaxshi misol bo'ladi. YURTIM SHAMOLI Yo'llarda yildirim misoli yeldim, Ellar vodiysiga boshladi havas. Elvagay Hisorning boshiga keldim, Sen esding - taraldi siym tanda atlas, Sen esding - ochildi yorning jamoli, O, yurtim shamoli, yurtim shamoli. Men-ku, bu dunyoda bir zori visol, Karbalo dashtida Majnun sifatman. Shamollar ichida men ham bir shamol, Chechaklar atridan men ham sarmastman. Lekin sen ruhimning mangu xayoli, O, yurtim shamoli, yurtim shamoli. Qancha shamollarga yuzimni burdim, Ulardan esdilar turfa xil nafas. Ularda goh qayg'u, goh shodlik ko'rdim, To'xtamay o'tdilar bari ham birpas. Faqat qayg'ulardan sen o'zing xoli, O, yurtim shamoli, yurtim shamoli. Shamollar esgandir ushbu dunyoda, Shamollar goh quyun, gohida dovul. Ular goh oshkora, goho ro'yoda Qancha bo'stonlarni sovurgan butkul. Lekin sen bo'lmagin bog'lar zavoli, O, yurtim shamoli, yurtim shamoli. Esgin-ey bog'larning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.68 MB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.68 MB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga