Abdulla Oripov she'rlarida so'zlashuv uslubining qo'llanilishi Reja 1.Abdulla Oripov lirikasi. 2.So'zlashuv uslublari haqida. 3. Abdulla Oripov shelaridan misralar. Shoir va jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko'z qishlog'ida tavallud topgan.U o'rta maktab tahsilidan keyin ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan. Abdulla Oripov lirikasi So'zlashuv uslubi Uyda ,ko'chada insonlarning o'zaro so'zlashuvda qo'llanadigan uslub so'zlashuv uslubi deb ataladi.Badiiy me'yorlarga rioya qilinmaydigan ko'rinishi oddiy so'zlashuv uslubi deb ataladi. So'zlashuv usubida ko'pincha turli uslubiy bo'yoqli so'zlar ,grammatik vositalar ,tovushlar tushib qolishi ,ortirilishi mumkin:Kep qoling!Obbo,hamma ishni do'ndiribsizda .Mazza qildik.So'zlashuv uslubida gapdagi so'zlar tartibi ancha erkin bo'ladi,piching,qochiriqlar,kinoyalar ko'plab ishlatiladi.Ko'proq sodda gaplar,to'liqsiz gaplar,undalmali gaplardan foydalanadi.A.Oripov ham o'z she'rlarida xalqqa yaqin bo'lgani uchun o'z she'rlarida ko'proq bu uslubga ko'proq yondashgan. Yurtim, senga she'r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor o'z yurtin butun Olam aro atagan tanho. Ular she'ri uchdi ko'p yiroq, Qanotida kumush diyori, Bir o'lka bor dunyoda, biroq Bitilmagan dostondir bori. Faqat ojiz qalamim manim, O'zbekiston, Vatanim manim. Bu she'rida so'zlashuv uslubiga xos uchdi,qanotida,o'lka so'zlaridan foydalangan O'zbekiston she'ridan: Olimlarning xizmatlari Yo'q, bekorga ketmapti, Shuncha ishni qilishipti, Faqat Mehr yetmapti. Mehr tuyg'usini yo'qotish - inson uchun mudhish holat. Bu esa bir vaqtning o'zida tilda ham o'z aksini topadi. Xususan, ijodkor til va ruhning dialektik yaxlitiligini ta'kidlaydi . Tildan ajralgan ruh yoki ruhdan ajralgan tilning holati mehr tuyg'usini his yetmagan besh donishmandga qiyoslanadi. Xalqchillikning badiiy ifodasiga aylangan Farrosh kampir she'ri adabiyotimiz xazinasini boyituvchi yuksak milliy asar namunasi sifatida qolajak. Har qanday ijodkor his-tuyg'ularini, voqelikka estetik munosabatini so'z vositasida ifoda qiladi. Badiiy asar tili poetik tafakkurning eng muhim mezonlaridan biri sanaladi. Aslida nazariy jihatdan qaraganda til badiiyati negizida so'zlarni ko'chma ma'noda qo'llanish, lug'at boyligimizda mavjud so'zlarni o'z o'rnida ishlatish, xalqona frazeologik birliklardan unumli foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi. A.Oripov lirik ijodining juda katta ko'pchiligi to'rt misralik band asosida yaratilgan. Bunday asarlarning aksariyatida A.Oripov falsafiy fikrlarni o'rtaga tashlashga harakat qilgan. Shoirlar to'rt misrali asarlar - ruboiy va tuyuqlarda aforizmga yaqinlashgan, o'tkir ma'noli mulohazalarini aks ettirishgan. Adabiyotshunos H.Umurov badiiy asar tili xalq tili (jonli til, adabiy til)ga asoslanganligi sabab, unda xalqchillik ruhi doimo ustun turishi2 ni ta'kidlaydi. Darhaqiqat, Abdulla Oripov she'rlarida jonli xalq tiliga xos hikmatli ifodalar, go'zal iboralar, lutflar, hazil va qochiriqlarning o'z o'rnida me'yorida ishlatilishi ularning xalqona ruhi va yuksak badiiyatini ta'minlagan. Xalq og'zaki ijodida (yor-yor, alla, o'lan, lapar va h.k.) xalq tilida mavjud bo'lgan frazeologik birliklar, badiiy san'atlar, ayniqsa, fikr, so'z takrori natijasida go'zal manzaralar, o'ziga xos poetik olam vujudga keladi. Xalq dardini, xalq ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
633.07 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
633.07 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:42 ]
Arxiv ichida: pptx