Abdulla Oripov she'rlariga xos badiiy ifoda usuli

Abdulla Oripov she'rlariga xos badiiy ifoda usuli

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Oripov she'rlariga xos badiiy ifoda usuli - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Oripov she'rlariga xos badiiy ifoda usuli mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA KIRISH 3-5 1 - BOB. SHOIR SHE'RLARINING TIL BADIIYATI 6-27 1.1. Poetik ifodaning xalqona tarzi 6 - 19 1.2. Shoirning poetik so'zdan foydalanish mahorati 20 -27 2 - BOB. POETIK TASVIR VOSITALARI 27- 40 2.1. Xikmatli so'zlarning shoir ijodidagi tajassumi 27 - 35 2.2. G'am so'zining badiiy ifodasi 35 - 40 XULOSA 41 - 42 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 43 - 45 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik o'zbek xalqiga o'zligini anglash va anglatish, tarixi, madaniyati, xalqona urf-odatlari va qadriyatlarini tiklash, milliy o'ziga xos xususiyatlarini namoyon etish uchun beqiyos imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratdi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, jamiyatning ma'naviy asoslarini yanada rivojlantirishda oilaning ahamiyatini yuksaltirish, har bir oilaning moddiy farovonligini oshirish muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan e'tibor va g'amxo'rlik ko'chaytirilishi zarurligiga alohida e'tibor qaratildi 1. Adabiyot har bir davrning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy muammolarini ko'tarib chiqishi va ularga javob izlashiga ko'ra tarbiyaviy ahamiyatga ega. Uning ijtimoiy-ma'rifiy xususiyati, ayniqsa, xalqning milliy ruhini ifodalab berishda ko'rinadi. Tabiiyki, bu jarayonda xalqona poetik tafakkur tarzi ijodkorning adabiy shaxsiyati darajasini namoyon qiladi. Chinakam iste'dod egasi, xalq dilining ulkan tarjimoni Abdulla Oripov ijodida xalqona poetik tafakkur tarzi yetakchilik qiladi. Abdulla Oripov chinakam xalqning ehtiromi va e'tirofiga sazovor bo'lgan shoirdir. Uning xalq ardog'iga, el-yurt hurmatiga sazovor bo'lishining o'ziyoq ijodkorning she'r va dostonlari xalq ruhi va qalbining ifodasiga aylanganidan darak beradi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bo'lsa, bir umr hayotning ichida bo'lish, o'z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo'lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Zero, Abdulla Oripov butun hayoti davomida o'z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo'lib yashab, ijod qilayotgan shoirdir. Chunki bu shoir uchun xalq mavhum tushuncha emas, u aniq mazmunga ega. Shoirning Men nechun sevaman O'zbekistonni she'rida aytilganidek, Xalqim, tarix hukmi seni agarda Mangu muzliklarga eltgan bo'lsaydi, Qorliklarni makon etgan bo'lsayding, Mehrim bermasmidim o'sha muzlarga? Mazkur fikrlarda shoir she'riyatining milliy ruhiyatini belgilab beruvchi pafos ufurib turadi. Abdulla Oripovning inson hayotini, uning orzu-umidlarini yuksak badiiy saviyada ifodalagan, umuminsoniy mohiyatga ega bo'lgan xalqona poetik tafakkur belgilari yaqqol ko'rinib turgan asarlarini maxsus tadqiq etish bugungi adabiyotshunoslik ilmining dolzarb masalalaridan biridir. Shoir o'z she'rlarida badiiy mazmunga mos shakl tanlaydi. Badiiy ijoddagi xalqona ruh insoniyatning bir necha ming yillik hamrohi bo'lgan xalq og'zaki ijodi motivlari, xalq badiiy tafakkuridagi yetakchi tamoyillar bilan uyg'unlikda idrok etiladi. Ayni shuning o'ziyoq Abdulla Oripov she'riyatini xalqona badiiy tafakkur nuqtai nazaridan alohida o'rganish ehtiyojini maydonga keltiradi. Bu esa, shubhasiz, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.69 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.69 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga