ABDULLA ORIPOV (1941-2016) 10-sinf adabiyot darsligi asosida 21-mavzu: Mening tug'ilib o'sgan, bolaligim o'tgan joylar Qarshi (qadim-gi Nasaf) shahridan besh-o'n chaqirim shimolroq tomondagi Qo'ng'irtov etaklaridir. Qishlog'imizning nomini Neko'z deydilar. Har holda u qadimiy o'zbek urug'larining bir shoxobchasi bo'lishi mumkin. O'sha Qo'ng'irtovda bizning bolalik yillarimiz o'tgan. Bahor kelganda havoni o't-o'lanning yoqimli xushbo'y hidi qoplar, sharros yomg'ir quyganda biz tog' cho'qqisi unguridagi kichik-kichik g'orlarga bekinib olardik. O'sha yuksaklikdan shimol tarafdagi yam-yashil bepoyon kengliklarni tomosha qilar edim, to'yib-to'yib nafas olar edim. Ayniqsa, bu joylarda janub kechalari, yulduzli osmon nihoyatda go'zal bo'lar edi. Tim qora osmonda qo'l cho'zsang yetgudek ulkan-ulkan novvotrang yulduzlar charaqlab turadi. Hayotimda bunday go'zal manzaralarni keyin uchrata olmadim Akalarim Buxoro, Toshkent oliy o'quv yurtlarida til-adabiyot fakultetlarida o'qishardi. Tabiiyki, ular ko'tarib yurgan kitoblarning aksariyati badiiy adabiyot namunalari edi. Mening allaqachon savodim chiqqan, kitoblarni sharillatib o'qiy olardim Bu kitoblar orasida xalq dostonlari ham, Navoiy bobomiz-u Pushkindan tarjimalar ham, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon she'riyati va yana boshqa ko'p ro'mon-u qissalar bo'lardi. Gazetadan kelgan javob xatini akamga bildirmay o'qirdim. Xatda, jumladan, bunday gaplar yozilgan bo'lardi: «Abdurazzoqjon, she'ringizning mavzusi yaxshi, lekin qofiya-turoqlari cxatoq va hokazo». Keyin men qofiya-turoqni o'rganish uchun rosa kitob titardim. Akam bo'lsa, unga kelgan javobni o'qiganimdan bexabar, men qayta yelimlab qo'ygan konvertni ochib o'qir, «nima yozibdi» deb so'rasam, jahl bilan «ishing bo'lmasin» deb xatni burda-burda qilib yirtib tashlar yo bo'lmasa yoqib yuborardi She'rlarim avval tuman, viloyat gaze- talarida bosilib turgan bo'lsa-da, birin- chi marta Respublika bolalar gazetasida «Qushcha» degan she'rim bosilib chiq-qan. Men she'rim chiqqan kun bu gaze-tani «To'qimachilar saroyi» kinoteatri- ning «Qizil burcha-gi»da ko'rib qolganman. Biroq ilk she'rim bosilib chiqqan o'sha daqiqalar, uning quvonchi sira-sira esimdan chiqmaydi. Balki bu ham adabiyotdagi birinchi muhabbat nash'asidir. Mening deyarli har bir she'rim hayotdagi ma'lum bir voqea, hodisa bilan bog'liq, jo'n-roq qilib aytganda, har birining turtkisi bor. Masalan, «Ayol» degan she'rim urushdan qaytmagan amakilarimning bevalariga bag'ishlangan. Men ularning iztiroblarini ko'rib, kuzatib ulg'ayganman. Yoxud «O'zbekiston» qasidasining yozilishi-chi? Vataning butun Sovet Ittifoqi, deb uqtirib turilgan bir paytda, O'zbekiston nima bo'ldi ekan, degan savol yuragimning tubida paydo bo'lib, hoynahoy, «Vatanim - O'zbekiston» deb she'r yozgan bo'lsam, tilimizning har qadamda yerga urilayotganini ko'rib «Ona tilimga nomli she'rni yoz-ganman. O'sha yillari mening yosh idrokimni ikki-uch savol qattiq qiynardi. Birinchisi, nega mening xalqim ikkin- chi sort, ikkinchisi, nega mening tilim beobro', nega mening Vatanim mavhum, nega tabiat ato etgan his-tuyg'ularni ham oshkora izhor qilish mumkin emas masalan, yaqin qarindoshing o'lsa marsiya yozish mumkin emas, muhabbating baxtsiz bo'lsa, nadomat chekish gunoh va hoka'zolar. Endi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, ppt
Fayl hajmi
14.21 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:42
Arxiv ichida: zip, ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, ppt
Fayl hajmi
14.21 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:42 ]
Arxiv ichida: zip, ppt