Abdulla Qahhor Dahshat hikoyasining struktural tahlili

Abdulla Qahhor Dahshat hikoyasining struktural tahlili

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Qahhor Dahshat hikoyasining struktural tahlili - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Qahhor Dahshat hikoyasining struktural tahlili Dahshat hikoyasining syujetini yaratishda Abdulla Qahhor xalq og'zaki ijodi materiallaridan foydalaniladi. Xalq orasida keng yoyilgan diniy afsonalardan biri - qabriston haqidagi afsonalardir. O'sha davrda erkaklar orasida kechasi qabristonda biror ishni bajarib kelish mardlik, kuchlilik hisoblangan. Hikoyaning boshida Nodirmohbegim tilidan shunday voqea so'zlab beriladi. Bu voqeani eslab, aytilishiga darchaga kelib urilgan bo'yra sababchi bo'ladi. Bo'yra hikoyadagi voqealarga turtki bo'lgan. Darchaga kelib urilgan bo'yra Dodxoni qo'rqitib yubordi va shu qo'rquv Unsinni dadillashishiga, qalbida yashiringan tuyg'ularini yuzaga chiqishiga olib keldi. Shundan so'ng Nodirmohbegimning aytgan voqeasi Unsinni yanada shijoatga, erkini uyg'onishiga turtki bo'ladi. Garovga qo'yilgan qo'yni arzimas narsa ekan deyishi Dodxoni izzat-nafsiga tegadi. Ayniqsa, qabristonday joyga borib, pichoq sanchgan odamni O'lsin, nokas odam ekan, bitta qo'yni deb deyishi Dodxoni g'ashini keltiradi. Dodxo o'sha davrning ariza qabul qiluvchi amaldori, har narsani boylik bian o'lchaydigan odam edi. Tegirmonchining qizi bo'la turib, qo'yni nazarga ilmaslik Dodxoda yangi reja uyg'onishiga sabab bo'ladi. Demak, Nodirmohbegimning aytgan voqeasi Unsun va Dodxolar uchun turtki vazifasini o'taydi. Dodxo Unsunga yangi rejasini aytdi. Sen o'zing, o'nta qo'y bersam, pichoq sanchib kelasanmi? Yuzta qo'y, davlatimning yarmini bersam, borsanmi? Unsunni inson ekanini ko'rsatdi. Menga davlat kerak emas, davlat kerak bo'lsa borar edim Shu yerda Dodxoning: Nima kerak? - degan savoliga Unsin, ozod, erkin Unsin javobsiz qoldiradi. Mute kundoshlar esa javob berishga undaydi. Unsin yanada yuksaklikka ko'tariladi. Javob bersangiz, Ganjirovonga ketsam. Mute xotinlari bilan yashab o'rgangan Dodxo Unsinni gapini tushunmaydi. Unsin shijoat, jasorat bilan Dodxoga tik boqadi. - Yo'q, men butkul ketsam deyman, javobimni bersangiz. Dodxo Unsinni mute ayollari singari savalamadi. Muloyimlik bilan Go'ristonga pichoq emas, qumg'on olib borasan, On hazratim sag'anasi oldida qumg'on qaynatib, bitta choy damlab kelasan, maylimi. - Mayli, - dedi Unsin. Ayollarning erkin so'zlashiga o'rganmagan Dodxoga bu xaqorat bo'lib tuyuldi. Unsining qabristonga borishida tabiat tasviri va shamol to'sqinlik qiladi. Ushbu tasvirda unsunga ya'ni uni ozod bo'lishiga shamol va tun tasviri to'sqinlik qiladi, lekin Unsin barchasini yengib, olg'a boradi. Qabriston manzarasi erkini to'sishga harakat qiladi. U o'z-o'zi bilan kurashadi. Sag'ana yoniga kelib to'xtaydi. Qo'lida: choynak, qumg'on, paranji. Uning esidan chiqqan narsa o'tin edi. O'tin ham uning yo'lini to'smoqchi bo'ladi, ammo u sag'analar orasidan hashak tera boshladi. Qabristonda olov yondi. Bu uning ozod bo'lganligini birinchi belgisi edi. Unsin choyni qaynatadi va uyga yo'l oladi. Shu tobda Unsinning yelkasiga nimadir minib oldi O'ziga keldi, yanada dadillashdi Maymun minib oldi, hushidan ketdi Shu yerda Unsinning dadillashishiga maymun olib kelgan odam borligi haqidagi o'yi sabab bo'ldi. Maymun ham erkini to'sa olmadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.81 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:43 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.81 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga