Abdulla Qahhor hayoti va ijodi

Abdulla Qahhor hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Qahhor hayoti va ijodi (1907-1968) REJA: 1.Abdulla Qahhor tarjimai holi. 2.Abdulla Qahhor-hikoyachilik maktabi. 3.Abdulla Qahhor qissalari. 4.Abdulla Qahhor romanlari. 5.Abdulla Qahhor komediyalari. 6.Abdulla Qahhor tarjimalari. 7.Abdulla Qahhor ijodining o'zbek adabiyoti tarixida tutgan o'rni. Abdulla Qahhor o'zbek adabiyotining atoqli adiblaridan biri. U umri davomida ko'plab hikoyalar, qissalar, dramalar va romanlar yozdi. Abdulla Qahhor asarlari ko'pgina chet tillariga tarjima etildi. Adib o'zbek adabiyotining jahon miqyosidagi nufuzini oshishiga hissa qo'shdi. Abdulla Qahhor 1907 yilning 17 sentyabrida hozirgi Xo'jand viloyatining Asht tumanidagi qishloqlardan birida tavallud topgan. U yoshligidan o'tkir zehnli, sinchkov, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga e'tiborli inson bo'lib shakllandi. boshlang'ich ma'lumot olgach, Qo'qondagi pedtexnikumda o'qidi. Sharq mumtoz adabiyoti, rus va boshqa xalqlar adabiyoti bilan tanishdi. 1923 yilda Abdulla Qahhorning «Mushtum» jurnalida birinchi fel'etoni bosildi. Shundan keyin, tez-tez matbuotda uning «Yalangoyoq», «Gulyor», «Mavlon kufur», «Nish», «Norin shilpiq» kabi taxalluslar ostida hajviy she'rlari, fel'eton va hikoyalari bosilib chiqa boshladi. Abdulla Qahhorning birinchi kitobi 1932 yili «Qishloq hukm ostida» qissasidir. Bundan so'ng esa «Olam yasharadi», «Tangrining kulgusi» kabi hikoyalar kitoblari bosilib chiqdi. Adib 1930 yili O'rta Osiyo Davlat Universitetining pedagogika fakul'tetida o'qiydi, keyin Til va adabiyot institutining aspiranturasiga kiradi. 1934 yili «Sarob» romanini yozib tugatdi. Roman o'zbek adabiyotida katta shov-shuvga, bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Asar tevaragidagi fikrlar romanning chop ettirilishini bir necha yillarga kechiktirdi. Biz, Abdulla Qahhorni ko'proq hikoya janri ustasi sifatida yaxshi bilamiz. Uning hikoyalari hayotiy asoslarga egaligi uchun ham hozirgi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Adibning o'tmish mavzusiga bagishlangan «Anor», «O'gri», «Bemor», «Tomoshabog», «Millatchilar», «Dahshat» hikoyalari, «O'tmishdan ertaklar» qissasida oddiy xalqning o'tmishi , turmush tarzi, ichki ruhiy holati va kechinmalari o'z ifodasini topgan. Shu o'rinda yirik tadqiqotchi, prfessor Umarali Normatovning Abdulla Qahhor hikoyalari haqidagi quyidagi fikrlarini kiritib o'tish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz: «Qahhor tabiati, iste'dodi yo'nalishi jihatidan hayotdagi, odamlar qismatidagi fojeiylikni teran his etadigan adibdir. Uning eng yetuk hikoyalari ayni fojeiy holat, qismatlar ifodalangan asarlardir. Hikoyalaridagi personajlar hayotidan olingan epizodlar, lavhalar garchi muayyan intiho, badiiy yechim bilan yakunlansa-da, bunday yakun galdagi fojialar, ko'rguliklarning debochasi vazifasini o'taydi. «Bemor» dagi Sotiboldi xotinining o'limi uyqu aralash ayasining dardiga davo tilagan qizaloq va xotini dardiga davo qidirib bor budidan judo bo'lgan yerning yangidan-yangi sarson-sargardonliklari ibtidosidir. «Anor»dagi Turobjonning oxirida jinoyatga qo'l urishi bu oila boshiga tushajak galdagi chigal savdolarning boshlanishidir. «O'gri»dagi jabrdiyda cholning najot izlab mansab-martabaning turli zinapoyalarida turgan yulgichlarga duch kelib, shilinib, oxirida «najot» topishi-Egamberdi paxtafurushning himmatiga sazovor bo'lishi, bu himmat esa kelgusida yuz berajak avvalgilardan-da ogirroq talonchilikning o'zginasidir. «Dahshat» hikoyasida Unsinning «tiriklar go'ristoni» bo'lgan Olimbek dodxo xonadonidan qutulish yo'lidagi mislsiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:43 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga