Abdulla Qahhor ijodi va uning o'ziga xos xususiyatlari hamda ayrim qirralari

Abdulla Qahhor ijodi va uning o'ziga xos xususiyatlari hamda ayrim qirralari

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Qahhor ijodi va uning o'ziga xos xususiyatlari hamda ayrim qirralari - rasmi

Material tavsifi

Reja: ABDULLA QAHHOR IJODIDA MILLIYLIK ABDULLA QAHHOR USLUBINING AYRIM QIRRALARI HAQIDA ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA XAYOL MOTIVI So'zlardagi turfa tovlanishlarni chuqur his etgan, har bir so'zning zalvorli yuki va mas'uliyatini qalbida tuygan, yozish texnikasi va tasvir madaniyati yuqori bo'lgan Abdulla Qahhor asarlarida ma'naviylik va milliylik qimmatli xislatlardan hisoblanadi. Abdulla Qahhor ijtimoiy hayotga faol aralashgan, undagi muammolarni chuqur anglab, nozik anglata olgan yozuvchi sifatida milliy turmush voqeligidagi barcha murakkabliklar, ziddiyatlar - insonning rang-barang ichki dunyosi, dard-tashvishlari, orzu-umidlarini badiiy tahlil qiladi. Uning asarlari shakl va mazmun jihatidan xalqchilligi va milliyligi bilan ajralib turadi. Bu holat, ayniqsa, adibning pe'salarida yaqqol ko'zga tashlanadi. Ayajonlarim dramasi ham bundan mustasno emas. Yozuvchi millatimizga xos bo'lgan milliy turmush tarzi, an'ana va urf-odatlarni asarning mantiq va mohiyatidan kelib chiqib aks ettiradi. Ikki yoshning bir-biriga muhabbat qo'yishi va turmush qurishi kabi tabiat qonuniga aylangan hodisalar umuminsoniyatga xos bo'lgan tuyg'u va hayot tarzi bo'lsa-da, ularning yuzaga chiqishi har bir millatda har xil kechadi. Shuningdek, o'zbek millatida ishq kechinmalari va ularning namoyon bo'lishi boshqa millat kishilaridan mutlaqo farq qiladi. Aytaylik, rus yoki boshqa ajnabiy xalqlar millatiga mansub xonadonlarda oiladagi o'zaro munosabat ham, ota-ona bilan farzandlar o'rtasidagi muomala ham boshqacha - farzand ulg'aygach, shu farzand o'z taqdiri, shaxsiy hayoti va kelajagini o'zi boshqaradi, go'yoki bunga ota- onaning haqqi yo'qday bo'lib qoladi. Ayniqsa, turmush qurish masalasida bunday «mustaqillik» yaqqol ko'zga tashlanadi. Yigit bilan qiz bir-biriga ko'ngil qo'ydimi, bas, to'ydan avvaloq o'zlarining sevgi shodliklarini hammaning oldida hech bir tortinmay baralla namoyish qilishlari, hatto to'y kunini ham o'zlari tayin etishlari tabiiy va odatiy hol hisoblanadi. Ammo o'zbek millati kishilari bu yuksak tuyg'uni boshqacharoq qilib bildirishni ma'qul ko'radilar. Ayajonlarim asaridagi konfliktli holatning yuzaga kelishi ham o'zbek millatiga xos bo'lmagan voqea - Karimjon bilan Umidaxonning yetaklashib kirib kelishi, bunday lavhaga qarshi bildirilgan reaksiyadan Umidaxon o'ziga kelib olishi va taftini bosishi uchun muzdakkina suvda yuvinishidan boshlanadi. Asarning mazmuni ko'pchilikka tanish. Yozuvchi Ayajonlarimda oddiy o'zbek xonadonidagi hayotning bir parchasini tasvirlaydi. Bo'ston bir ko'z bilan boqib katta qilgan o'g'li Karimjonga qo'shnisi To'tinisoning husn desa tortib qo'ygan suratday, soch desa taqimiga tushadigan, pazandamisan, pazanda bo'lgan Xayrixonni olib bermoqchi, to'rt qop guruch damlab, Mukarramaxonu, Halimaxonu, Tamaraxonlarni mashinada olib kelib, chakkasiga o'z qo'li bilan pul qistirib, bor bisotini sarflab, to'y qilmoqchi edi. Bu o'rinda yozuvchi ikki xil o'zbek ayolining tabiatini ularning nutq jarayoni orqali ochib beradi. Karimjon bilan Umidaning favqulodda birga kirib kelishi va turmush qurishlari haqidagi taklifi Karimjonning onasi Bo'stonbuvini qanchalik hayratga solgan va asabiylashtirgan bo'lsa, bu yangilikdan avvalroq xabar topgan, qizini suti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 448.19 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 448.19 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga