Abdulla Qahhor. Adibning jasoratli bir so'zi Ustoz Abdulla Qahhor borasida sho'ro davrida ham, ayniqsa mustaqillik davrida ham ko'b va xo'b asarlar yaratilgan. Ularda buyuk adib va dramaturg merosi atroflicha tahlil etilgan va baholangan, uning hayotidagi ko'pdan-ko'p shov-shuvlarga sabab bo'lgan voqyealar xususida ham qiziqarli fikrlar bayon qilingan. Taqdiri Ilohiy taqozosiga ko'ra kamina bu ulug' inson hayotining so'nggi 12-13 yili mobaynida u zot bilan ba'zan xizmat yuzasidan, ba'zan ijodiy davralarda, ahyon-ahyonlarda esa do'stlarning oilaviy yig'inlarida ko'p bor uchrashuvimga to'g'ri kelgan. Sevimli haftanomamiz O'zbekiston adabiyoti va san'ati (dastlabki nomi O'zbekiston madaniyati) tashkil etilgan ilk davrda Abdulla aka O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida edilar. Shu boisdan haftanomaning ijodiy jamoasini shakllantirishda bosh-qosh bo'lgan Abdulla aka tahririyat xizmati uchun mo'ljallangan har bir xodimni shaxsan o'zi qabul qilib, u bilan ancha uzoq suhbatlashib, so'ngra oq fotiha berar edilar. Kamina ham o'shanda ustoz suhbatidan muvaffaqiyatli o'tib, haftanomaning adabiyot va san'at bo'limini boshqarishga tavsiya etilganim xuddi kechagidek yodimda. Yozuvchilar uyushmasi bilan tahririyat binosi u vaqtlarda 1-may deb ataladigan bir ko'chada joylashgan bo'lib, orada 3-4 daqiqalik masofa bor edi xalos. Yozuvchilar uyushmasi haftanoma muassisi ekanligi sababli uyushmada o'tadigan yig'inlarning deyarli barchasida ishtirok etish va ularni gazetada yoritish kaminaning zimmasida edi. Shu vajdan uyushmada otning qashqasidek taniqli edim. Abdulla Qahhor uyushma raisi sifatida boshqaradigan yig'inlarda u kishini deyarli har hafta uchratib, boshqalarnikiga sira o'xshamaydigan ma'ruza, luqmalarini eshitib, hayratga tushardim. Tor doiradagi yig'inlar Abdulla Qahhorning xizmat xonasida, kengroq doiradagilari esa uyushmaning majlislar zalida o'tardi. Abdulla aka kengroq doiradagi yig'inlarga maxsus tayyorgarlik ko'rar va har safar albatta biror kutilmagan, oharli gap aytar, yangi-yangi timsollarni istifodaga kiritar, shu sababdan, u kishi nutq ifoda etishi kutilgan yig'inlarga yozuvchilardan tashqari adabiyot ixlosmandlari ham, qayerdandir xabar topib, gurra-gurra kelishardi. Majlislar zaliga odatda odam sig'may ketadigan bunday yig'inlarda Abdulla akaning chiqishi bayroq vazifasini bajarar, ancha vaqtgacha Toshkentda, undan uzoq-uzoqlarda ham duv-duv gaplarga bois bo'lardi. Bunday chiqishlarning birini Abdulla Qahhor 1956 yilning jazirama yozida o'tgan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Plenumida qilgan edi. Bu plenum shaxsga sig'inish oqibatlarini tugatish masalasi kun tartibiga qo'yilgan, 30-50-yillarda nohaq qatag'on qilingan ziyolilar yangigina oqlangan pallada bo'lib o'tgandi. Plenumda qatag'ondan jabr ko'rib, kechagina yurtiga qaytgan ijodkorlar ham qatnashgandi. Majlis rayosatida o'sha vaqtdagi Oliy Kengash Rayosatining raisi, Partiya Markazqo'mining mafkura bo'yicha kotibasi va boshqa kazo-kazo amaldorlar o'tirishibdi. Bu plenumda Abdulla Qahhor haqiqiy jangchilardek ko'kragini qalqon qilib, na o'tdan, na suvdan qo'rqmay, tarixiy nutq so'zlagani, o'sha yig'in ishtirokchisi Ozod Sharafiddinovning va boshqa bir necha ijodkorlarning xotiranomalarida bayon qilgan. A. Qahhor o'z nutqida 50-yillar boshlaridagi qatag'onlarda eng iste'dodli ijodkorlarning ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
455.62 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
455.62 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:43 ]
Arxiv ichida: doc