Abdulla Qahhor Reja: 1. Abdulla Qahhor ijodiy merosining XX asr o'zbek adabiyoti rivojidagi o'rni. 2. Adibning hayot va ijod yo'li. 3. Qahhor hikoyachilik maktabi. 4. Adib komediyalari va qissalari. 5. Sarob ning mashaqqatli qismati va badiiyati. Abdulla Qahhor yangi milliy adabiyotimizning ikkinchi avlodi sanalmish Oybek, G'.G'ulom, H.Olimjon, Mirtemirlar safida turib ijod etdi. Safdoshlari kabi A.Qahhorning qizg'in ijodiy faoliyati XX asrning eng fojiali paytida, mudhish 30-50-yillar sharoitida, mustabid yakkahokim mafkura, sovet adabiy siyosati ta'siri va tazyiqi ostida kechdi. Bu hol yozuvchining ijodiy taqdirida talay, noxush asoratlar qoldirdi. Ayni paytda Alloh bergan benazir iste'dod, noyob shaxsiy fazilatlar-o'ziga xos o'tkir nigoh, fuqoralik tuyg'usi, qat'iyat, iroda-bardosh, haqgo'ylik, halollik va shijoat tufayli zamonasi talotumlaridan yuqori ko'tarila oldi. Adibning dilbar hikoyalari unga katta shuhrat keltirdi. Sichalak, O'tmishdan ertaklar qissalari, Sarob, Qo'shchinor chiroqlari romanlari, Shohi so'zana, Tobutdan tovush komediyalari, o'nlab o'tkir publisistik chiqishlari, adabiy-tanqidiy maqolalari, zargarona tarjimalari asr adabiyoti, ma'naviy-madaniy hayoti tarixida yorqin va o'chmas iz qoldirdi. Abdulla Qahhor 1907-yilning 17-sentabrida hozirgi Xo'jand viloyatining Asht tumanidagi qishloqlardan birida tug'ilgan. (Abdulla Qahhorning o'zi maqolalarida tug'ilgan joyini Qo'qon deb ko'rsatadi. Lekin uning rafiqasi Kibriyoxonimning guvohligicha, Farg'ona bo'ylab qilingan safar vaqtida Ashtdagi bir joyga borganlarida adib Mening tug'ilgan joyim shu yer, deb ko'rsatgan edi). Uning otasi Abduqahhor temirchi usta bo'lgan. Abdulla o'n yoshga kirganda Buvaydodagi eski maktabga o'qishga kiradi, 1917-yili Abdulla Qahhor oilasi Qo'qonga ko'chib o'tadi. Bu yerda u Istiqbol maktabiga o'qishga kiradi. 1922-1924-yillari Abdulla adabiyotga qiziqa boshlaydi. Bu yillarda Qo'qon pedtexnikumida o'qidi, texnikumning Bilim yurti devoriy gazetasida she'r va maqolalari bilan tez-tez qatnashib turdi. Gulyor, Yalangoyoq, Norin shilpiq, Mavlon kufur, Nish kabi taxalluslar bilan Respublikaning ko'zga ko'ringan gazeta va jurnallarida feleton, hajviy she'r, hikoyalar e'lon qila boshladi. Abdulla Qahhor 1926-yili O'rta Osiyo Davlat Universitetining ishchilar fakultetiga o'qishga kiradi. 20-yillarning ikkinchi yarmida Abdulla Qahhor feletonning o'zi bilan ish bitmasligini, rang-barang hayot materiallarini bitta janrga sig'dirib bo'lmasligini anglab, hikoyada ham kuchini sinab ko'ra boshlaydi. Uning birinchi kitobi 1932-yili bosilib chiqqan Qishloq hukm ostida degan kichik qissasidir. Shundan so'ng uning Olam yasharadi va Tangrining kulgisi degan hikoyalar kitoblari chop etildi. 30-yillar avvalida Abdulla Qahhor O'rta Osiyo Davlat Universiteti pedagogika fakultetida o'qiydi, so'ng Til va adabiyot institutining aspiranturasiga kiradi. Xuddi shu yillarda uning tarjimonlik faoliyati avj oladi. Qisqa muddatda M.Gorkiyning Mening universitetlarim, F.Gladkovning Olovli ot, M.Shaginyanning Gidrosentral, A.Serafimovichning Temir oqim kabi yirik asarlarini tarjima qiladi. Keyinchalik esa Gogol va Chexov asarlarining tarjimasi maydonga keladi. Ular Abdulla Qahhorga xos tarjima san'atining namunalari bo'lib qoldi. 30-yillarning o'rtalariga kelib Abdulla Qahhorning hikoyanavislik san'ati barq urib gulladi. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
173.5 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:43
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
173.5 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:43 ]
Arxiv ichida: zip, doc