Abdulla Qodiriy (1894 - 1938)

Abdulla Qodiriy (1894 - 1938)

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Qodiriy (1894 - 1938) - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Qodiriy (1894-1938) Reja: 1. A.Qodiriy merosi va uni o'rganishning aHamiyati. 2. Yangi o'zbek Hajviy nasri taraqqiyotida A.Qodiriyning xizmatlari. 3. A Qodiriy o'zbek realistik romanchiligi maktabining asoschisi. 4. O'tgan kunlar - birinchi o'zbek realistik romani. 5. Mehrobdan chayon romanining o'ziga xosligi, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari. O'zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida ulkan Hissa qushgan va O'zbek romannavsligining otasi deb nom chiqargan san'atkor A.Qodiriy (Julqunboy) 1894 yilning 10 aprelida Toshkent shaHrining Beshyog'och daHasida bog'bon oilasida dunyoga keladi. Otasi Qodir bobo savdo ishlari bilan, keyinchalik, keksaygach, bog'bonlik bilan shug'ullangan. A.Qodiriy o'z tarjimai Holida shunday yozadi: Boshda boy oilada tug'ilishimmi yoki kambag'al oiladami, bunisini bilmayman, ammo yoshim 7-8 ga etgach, qornim oshga to'ymaganidan aniq bildimki, besh jonning tomog'i faqat 80 yoshlik bir chol otamning meHnatidan, ya'ni bog'ning yozda etishtirib beradigan Hosilidan kelar edi. Agar baHor yomon kelib, bog' mevalari, ofatga uchrab qolsa, biz Ham ochlikka duch kelib, qishi bilan javrab chiqar ekanmiz. Binobarin, yozuchining yoshlik choqlari xiyla ayanchli kechadi. Shuning uchun Ham u yoshlik kezlari boy va savdogarlar qo'lida xizmat qilib, etarli darajada taHsil ko'ra olmaydi. Shunga qaramasdan A.Qodiriyning bilimiga, adabiyotga qiziqishi aslo so'nmaydi.U dastlab eski usuldagi maktabda, so'ng 1908-1912 yillarda rus tuzem maktablarida o'qib, uni a'lo baHolarga bitirib, Hatto Toshkent generallar gubernatori Samsonovning kumun soat bilan taqdirlashiga sazovor bo'ladi. Abdulla maktabni bitirgach 1912 yili RasulmuHammad boyga prikazchik. ya'ni mirzo bo'lib ishga kiradi. Bu savdogar boy insofli-adoiatli ziyolilarni juda Hurmat qilar edi. Abdulla boyning xonadonida va savdo do'konida yashab juda ko'plab ana shunday ilg'or fikrli ziyolilar bilan tanishadi va ulardan savdo ishlarini o'rganadi. 1914 yili u boyning qizi RaHbaroy bilan turmush qurib, undan ikki o'g'il, ikki qiz ko'radi, ya'ni Nafiza, Adiba, Habibullo, Ma'sudlar bilan osuda Hayot kechiradi. Yosh yozuvchining ilk ijodiy faoliyati Ham shu davrga 1913-1914 yilarga to'g'ri keladi. U shu kezlarda chiqib turgan Sadoi Turkiston, Samarqand. Oyna kabi gazeta va jurnallar bilan muntazam tanishib borib, o'zi Ham keyinchalik ularga kichik-kichik xabar va maqolalar yozib turadi. (Aslini olganda Abdulla mazkur gazeta va jurnallarni boyning qaramog'idan olib o'qib turadi). A.Qodiriy Ham ko'pchilik yozuvchilar singari ilk ijodida she'riyatga qiziqadi. Uning 1915 yilda Oyna jurnalida e'lon qilingan ahvolimiz, Millatimga, To'y kabi she'rlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Muallifning mazkur she'rlari va ayniqsa, Juvonboz Hikoyasi, Baxtsiz kuyov fojiasi , bevosita BeHbudiyning Padarkush fojiasiga taqpidan yozilgan boMib, ularda jaHolatga, ma'rifatsizlikka qarshi kurash va xalqni ilmga, madaniyatga chaqirish ustun keladi. Xususan, muallif jadidchilik ruHi bilan sug'orilgan ahvolimiz, Millatimga11 she'rlarida eski yaramas odatlarga: ichkilikbozlik, foxishabozliL qimorbozlik, bedanabozlik kabi illatlarni qattiq qoralab, g'aflatda qolgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.82 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.82 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga