ABDULLA QODIRIY (1894-1938) 10-sinf adabiyot darsligi asosida 15-mavzu: Abdulla Qodiriy adabiy siymosi XX asr o'zbek adabiyoti tarix ida o'ziga xos o'rin tutadi. U o'zbek romanchiligining asoschisi sanaladi. Abdulla Qodiriy 1894-yili 10-aprelda Toshkentda bog'bon oilas ida tug'ilgan. Dastlab musulmon maktabida, keyin rustuzem maktabi hamda Abulqosim shayx madrasasida ta'lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida o'qigan. 1917-yilgi oktabr oyidagi davlat to'ntarishidan so'ng Eski shahar oziqa qo'mitasining sarkotibi, «Oziq ishlari» gazetasining muharriri, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan biri sifatida ijtimoiy hayotga faol aralashadi. Uning asarlari vaqtli matbuotda Julqunboy, Juboy, Dumbulboy, Dumbulnisa, Kalvak Mahzum, Toshpo'lat tajang, Ovsar kabi o'nlab maxfiy imzolar bilan bosilib turadi. Abdulla Qodiriy 1914-yili Rahbarnisa Rasulmuhammadboy qiziga uylanadi. Ulardan Nazifa (1916), Habibulla (1918), Adiba (1924), Mas'ud (1926) hamda Anisa (1928) ismli farzandlar dunyoga keladi. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning o'rtalariga to'g'ri keladi. Dastlab millatparvarlik, ma'rifatparvarlik ruhi bilan sug'orilgan «To'y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she'rlar, «Baxtsiz kuyov» nomli drama hamda «Juvonboz» hikoyasini yozdi. Abdulla Qodiriy ana shunday jadidona kayfiyatdagi asarlarida millatni ichdan yemiradigan xurofotlarni tanqid qiladi; xalqni o'zligini anglashga, yangilikka chaqiradi. Yozuvchining «Baxtsiz kuyov» dramasi (1915) bevosita Behbudiyning «Padarkush» dramasi ta'sirida yozilgan. Dramada muallif hashamatli to'y, ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko'ngilsiz oqibatlar ini ochiq-oydin ko'rsatadi. Uning 1916-yilda yozgan «Uloqda» hikoyasi bilan dunyo adabiyotdagi nazariy mezonlarga mos keladigan o'zbek realistik hikoyachiligini boshlab berdi. Abdulla Qodiriy o'z ijodiy taqdirini matbuot bilan bog'ladi. Yuzlab publitsistik maqolalar, «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan», «Toshpo'lat tajang nima deydir?» kabi hajviy asarlar yozdi. Hayotni kuzatib, voqealarga nisbatan turli yo'sinda hajviy-tanqidiy munosabatlar bildirdi. Shu jarayonda «felyetonlar qiroli» nomini oldi. Abdulla Qodiriyning mashhur «O'tkan kunlar» romanining ayrim fasllari dastlab 1923-1924-yillari «Inqilob» jurnalida e'lon etildi. 1925-1926-yillari romanning har bir bo'limi alohida kitob holida bosildi. «O'tkan kunlar» yaratilgan davr o'zbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, jahondagi o'rni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Adib bu roman orqali xalqning milliy ongini uyg'otmoqchi bo'ldi. «Tariximizning eng kirlik, qora kunlari» - yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi «xon zamonlari» - XIX asr miqyosidagi mudhish tarixiy jarayonlarning haqiqatidan xalqqa saboq bermoqchi bo'ladi. «O'tkan kunlar» romanining ma'no-mundarija doirasi, aslida, ancha keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Bir oq ular orasida yurtning, millatning taqdiri mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. El-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo'liga hayotini, jonini tikkan fidoiy kishilardir. «O'tkan kunlar» romanining eski o'zbek yozuvidagi (1926) hamda yangi o'zbek alifbosidagi nashrlari muqovasi (2004) «O'tkan kunlar»da Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari juda ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, ppt
Fayl hajmi
6.36 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: zip, ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, ppt
Fayl hajmi
6.36 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: zip, ppt