Abdurahmon Jomiy g'azaliyoti

Abdurahmon Jomiy g'azaliyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdurahmon Jomiy g'azaliyoti - rasmi

Material tavsifi

Abdurahmon Jomiy g'azaliyoti Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism: 1. Abdurahmon Jomiy hayoti va ijodi 2. Adib she'riyatining mavzusi va g'azaliyotida ishq talqini 3. Jomiy adabiy merosining o'ziga xosligi II. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Yo rab, bu maoniy durrining ummoni, Bu donishu fazl gavharining koni. Kim aylading oni olam ahli joni, Olam elig'a bu jonni tut arzoniy. (Alisher Navoiy). Buyuk siymolarimiz ichida Abdurahmon Jomiy ham o'zining munosib o'rniga ega hisoblanadi. Chunki uning ijodi bizni izlanish, intilishga chorlaydi. Abdurahmon Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan bo'lib Jomda turib qolishgan. Bobosi Mavlono Muhammad va otasi Nizomiddin Ahmad singari Abdurahmon ham qo'liga qalam olib, she'r yoza boshlagan vaqtdan boshlab o'z tavallud topgan shahri nomini o'ziga adabiy taxallus qilib olgan (Ba'zi olimlarning fikricha, Jom so'zi idish ma'nosida tasavvufiy tushunchani ham bildiradi. Sharqdagi adabiy an'anaga ko'ra adabiy taxallus ko'p ma'noli bo'lishi ma'qul ko'rilgan). U asosiy umrini Hirotda o'tkazdi va shu yerda mashhur shoir va mutafakkir bo'lib yetishdi. Bolalik chog'idayoq Jomiy zehnining o'tkirligi bilan ajralib turgan. Boshlang'ich ma'lumotni u otasidan olgan. Oilaning Hirotga ko'chishi, otasining bu yerda shayx ul-islom mansabiga tayinlanishi Jomiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Hirotda uning o'qishiga Xoja Alouddin Ali Samarqandiy, Shahobiddin Muhammad Jojarmiy kabi mashhur mualliflar o'z hissalarini qo'shdilar. Natijada u arab tili, ilohiyot, tasavvuf, she'r qoidalari, adabiyot tarixi va boshqa fanlarning asoslarini juda erta o'zlashtira boshladi. '' Jomiy turli fanlar bo'yicha o'z tahsilini Samarqandda nihoyasiga yetkazishni ixtiyor qilar ekan, u Ulug'bek madrasasida Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi allomalarning ma'ruzalarini eshitish sharafiga muyassar bo'ldi. U fiqhshunos olim, arab tili, Qur'on, hadislar bo'yicha mutaxassis Fazlulloh Abullaysdan ham ko'p dars oldi. Hirotda Jomiy tasavvuf yo'liga kirishni, o'z bilim va faoliyatini shu yo'lga, qolaversa ijodga, ilm-fanga bag'ishlashni afzal ko'radi. Yosh Jomiy Shayx Sa'daddin Koshg'ariy bilan yaqinlashib, unga qo'l beradi va tez orada uning hurmatini qozonadi. Jomiy pirining qiziga uylanadi. Sa'diddin Koshg'ariy tasavvufda Muhammad NAQSHband sulukiga mansub edi. 1469 yili Sulton Husayn Boyqaro Hirot taxtiga o'tiradi. Oradan ko'p vaqt o'tmay, 1476-77-yillar orasida u o'z do'sti va vaziri Alisher Navoiy bilan Jomiyni o'ziga pir va ustoz deb tanlaydi. Bu Jomiy hayoti va faoliyatida katta voqea bo'ldi. Jomiy kundalik hayotda oddiy, darvisxona yashasa ham, biroq shoh va unga aloqador kishilarning, hatto uni asarlari orqali tanigan boshqa mamlakat podshohlarining unga muruvvati katta edi. Bu ikki buyuk zot ijod sohasida xalqparvarlik va insonparvarlik mavqeida turish bilan birga xalq, davlat ishlarida insof va adolatni yoqlar edilar. Jomiyning Nafahot ul-uns, Lujjat ul-asror, Ashiat ul-lamaot, Risolai musiqiy, Risolai muammo kabi bir qancha asarlari Navoiyning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.72 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.72 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga