Abdurahmon Jomiy Navoiy nigohida Reja: Kirish. Jomiy va Navoiyning ilk uchrashuvi va bu boradagi qarashlar. II.Asosiy qism Navoiy va Jomiy aloqalari, ijodiy hamkorligi Navoiy badiiy ijodida Jomiy shaxsiyati va faoliyati ,,Xamsa'' dostonlarida ,,Nasoim ul- muhabbat asarida ,,Majolis un- nafois asarida II.Mahbub ul- qulub asarida Jomiyning ishq va she'riyatdagi martabasi. Xulosa. V. Adabiyotlar ro'yhati. Ustozlar aziz yurtning eng aziz, eng ulug', eng mo'tabar kishilaridir. I.A.Karimov. Biror bir shoirning ijod olamini o'rganar ekanmiz, bevosita bu jarayonni shoir shaxsiy faoliyatiga bog'liq bo'lgan tomonlarini ko'rishimiz mumkin. Navoiy ijodiyoti haqida gapirganimizda esa ,albatta, uning ustozlari ijodiyotining ta'sir kuchini e'tirof etish kerak. Alisher Navoiy badiiy olamini bir gulzor deb bilsak, bu gulzordagi gullarning turfa boylar taratishida uztoz shoirlarning o'rni alohida . Buni Navoiy har bir asarlarida ustozlarini alohida e'tirof etganligida ko'rish mumkin. Navoiy Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmoh Jomiy , Lutfiylarni o'ziga ustoz, pir deb bilgan va o'z yutuqlarida ularning xizmatlarini takror-takror aytib o'tadi. Navoiyga ana shunday ma'naviy-ma'rifiy ta'sir o'tkaza olgan zamondoshi, ustoz-shoir Abdurahmon Jomiyni alohida tilga oladi. Shuningdek, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning o'sha davrdagi munosabatlarini ustoz- shogird aloqalarining eng chiroyli, eng namunali ko'rinishi deyish mumkin. Chunki, Jomiy Navoiyning ustozi, ijodiy hamkori, piri va sirdosh do'sti edi. Navoiy va Jomiy aloqalarini, ijodiy hamkorligini, shaxsiyatini o'rganish har ikkala shoirning adabiyot sohasida yangi ijod qirralarining namoyon bo'lishiga, har ikkala xalqning adabiy me'rosini boyitishga xizmat qiluvchi omillarni yuzaga keltiradi. Navoiy va Jomiy o'rtasidagi aloqalar, munosabatlar to'la- to'kis o'rganib bo'lindi deyish noo'rindir. Jumladan, ularning ilk uchrashuvi va ijodiy faoliyatining qachondan boshlanganligi va bu boradagi bazi qarashlar va fikrlar to'liq asoslanmagan bo'lib, noaniq, mavhumligicha qolmoqda. Bu qarashlarni Navoiy va Jomiy, ular o'rtasidagi aloqalar to'g'risida bazi olimlarning adabiy fikrlarida ko'rishimiz mumkin. Ustoz-shogird , Navoiy va Jomiy haqida ma'lumot beruvchi dastlabki manba Navoiyning o'z asarlaridir. Bundan tashqari Mirxondning Ravzat us- safo , Xondamirning Makorim ul-axloq asarlaridan, XX asr o'zbek adabiyotshunoslaridan Vohid Abdullayevning Tanlangan asarlar(2002 y), Botirxon Valixo'jayev O'zbek adabiyotshunosligi tarixi(T-1993), Mumtoz siymolar(2002 y),Oybek Tanlangan asarlar(T-1979), Izzat sulton Navoiyning qalb daftari(T-1969), Nazar Rajabov Uztozu shogird xamsaijodkorlari( 2001 y), Amonullo Valixonov G'azal nafosati(1985 y) asarlaridan va yana boshqa, ko'plab ilmiy asarlarda bu boradagi qisqacha qayd etilgan ma'lumotlar uchraydi. Navoiy va Jomiyning dastlabki uchrashuvi haqida. Navoiy va Jomiyning dastlabki uchrashuvi va tanishuvi borasida ma'lumotlar aniq, mukammal ravishda ma'lum emas. Bu ikki buyuk qalbning qachon va qayerda tutashganligi hech bir asarda aniq ma'lumot asosida aytib o'tilmagan bo'lib, bu borada Navoiyning o'zi ham o'z asarlarida aniq e'tirof etgan o'rinlar ko'zga tashlanmaydi. Navoiy Xamsatul mutahayyirinasarida Jomiy bilan bo'lgan uchrashuvlarini ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.82 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.82 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: doc