O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Qarshi Davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi 5120100-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Abdurahmon Jomiyning Sharhi ruboiyotasarida tasavvufiy tushunchalarning yoritilishi mavzusida yozgan B i t i r u v m а l а k а v i y i sh i T А Q D I M О Т I Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O'zbekiston, 2016. B.5. Mavzuning dolzarbligi Musulmon Sharq xalqlari qatori, o'zbek xalqining milliy-diniy qadriyatlaridan biri bo'lmish tasavvuf ta'limotini o'rganish va tadqiq etish orzusi faqat mustaqillik tufayligina ro'yobga chiqdi. Istiqlol sharofati bilan, boy ma'naviy merosimiz hamda asrlar davomida e'zozlab kelingan milliy an'ana va qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, bu buyuk insonlarning aziz nomlari, o'lmas merosi muqaddas dinimiz bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Biz dinimizni bu ulug' nomlarsiz, bu ulug' nomlarni esa dinimizsiz tasavvur qila olmaymiz. Mustaqillikning ilk yillaridanoq O'zbekistonda ulug' ajdodlarimiz, aziz-avliyolar merosidan namunalar nashr etilib, qator ilmiy ishlar yozildi. Qisqa bir tarixiy davr ichida N.Komilov, I.Haqqulov, B.Nazarov, S.Olim, A.SH.Juzjoniy, J.Muhammad, S.Rafiddinov va boshqa olimlar tomonidan o'nlab jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. XV asrga kelib, islom mintaqa ma'naviyatining uzoq yillik tajribalari aynan Movaraunnahr va Xurosonda o'zining eng yuksak natijalarini namoyon etdi. Bu davrga kelib, tasavvuf jamiyatning tub ildizlariga kirib bordi, so'fiyona she'riyat bilan birga tasavvuf falsafasi ham o'zining eng yuksak kamolot cho'qqisiga ko'tarildi. Bu ma'naviy yuksalishda Movaraunnahr va Xuroson zaminida yashab ijod etgan buyuk faylasuf olim, shoir, tasavvuf nazariyotchisi va naqshbandiya tariqatining XV asrdagi yirik namoyondasi Hazrat Movlono Nuriddin Aburahmon Jomiyning (1414-1492) tasavvufiy-falsafiy, adabiy-badiiy, diniy va ilmiy nazariy merosi yetakchi o'rin tutadi. Jomiy tasavvufiy merosini islom falsafasiga oid manbalar sifatida tahlil va tadqiq etish zarurati tug'iladi. Jomiyning tasavvufiy merosini tahlil va tadqiq etish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: -Ibn al-Arabiyning vahdat ul-vujud nazariyasiga asoslangan ta'limotining asl mazmun-mohiyatini anglash; -Jomiyning tasavvufiy-falsafiy ilmiy faoliyatini o'rganish; -tasavvuf falsafasini islom falsafasidagi o'rnini aniqlash. Xullas,Sharhi ruboiyot asarini tahlil etish orqali Mаvlono Jomiyning tasavvufiy-irfoniy tafakkuriga, Jomiy qarashlari va talqinlari orqali Shayx Muxyiddin ibn al-Arabiyning falsafiy-irfoniy maktabiga kirib borish imkoniyati vujudga keladi. Maqsad va vazifalari Bitiruv malakaviy ishda Abdurahmon Jomiyning Sharhi ruboiyot asarida tasavvufiy tushunchalarning yoritilishi mavzusi yangicha yondoshuvlar asosida tahlil etildi, mavzuni o'rganish bo'yicha nazariy, uslubiy izlanishlar olib borildi hamda tegishli xulosalar berildi. Bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan materiallar va xulosalar ushbu yo'nalishdagi keyingi tadqiqotlar ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: ppt