Abu Mansur as Saolibiy Saolibiy, Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil asSaolibiy (961 - Nishopur - 1038) - yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos va tarixchi olim. Arabiston, Iroq, Ispaniya, Xuroson va Movarounnahr bo'ylab sayohat qilgan. 992 y.da Buxoroga, so'ng Xorazmga kelgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun (hukmronlik davri: 1009- 17) saroyida xizmat qilgan, unga atab asarlar yozgan. Saolibiyning Yatimat uddahr fi mahosin axl alasr (Asr axlining fozillari haqida zamonasining durdonasi) tazkirasi mashhur bo'lib, u o'sha davr Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va arab adabiyoti haqidagi noyob manbadir. Asarning ilk nusxasi 994- 100 y.larda yozilgan bo'lib, muallif 1011 -117yillarda uni qayta ishlab to'ldirgan va xorazmshoh Abul Abbos Ma'munga taqdim etgan. Tazkira muqaddima va 4 qism (40 bob)dan iborat bo'lib, unda 100-asr hamda 1011-asr boshlarida arab tilida ijod qilgan Movarounnahrlik va bir qancha xurosonlik shoirlar hayoti hamda ijodi yoritilgan. Tatimmat alYatima (Yagona durdonaga qo'shimcha, 1032-38) asarida esa Yatimat uddaxr ga kirmay qolgan yoki keyinchalik tanilgan yana 209 shoir (ulardan 104 nafari Movarounnahr va Xurosondan) haqida ma'lumot berilgan. Saolibiyning Kitob latoif almaorif (Ajoyib ma'lumotlar haqida kitob) asari buvayhiylar sulolasi vaziri asSohib (995 y. v.e.)ga bag'ishlangan.Saolibiy islomgacha va islom davrida o'tgan ko'plab shoirlar, mashhur kishilar, xalifalar, lashkarboshilar va ularning taxalluslari, to'g'risida nodir ma'lumotlar keltirgan. Asarda muhim tarixiy etnografik ma'lumotlar, Saolibiy va unga zamondosh arabiynavis shoirlarning she'rlaridan parchalar mavjud. Fypap axbor muluk alfurs va siyarihim (Eron podshoxlari haqidagi xabar va hikoyalar sarasi) nomli tarixiy asar, Shohnoma va bir she'riy devon ham yaratgan. AtTamassul valmuxozarat va Mubhij asarlarini Qobus ibn Vushmgir (hukmronlik davri: 978-1012) ga bag'ishlagan. Saolibiyning ko'plab asarlari Ismatulla Abdullayev tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Savollar: 1.Saolibiy qachon va qayerda tug'ilgan? 2.Qaysi xorazmshoh saroyida xizmat qilgan? 3.Yatimat ud dahr asari qachon yozilgan? 4.Saolibiyning yana qanda asarlarini bilasiz? 5.Saolibiyning ko'plab asarlari kim tomonidan tarjima qilingan? ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: pptx