Abu Rayxon Beruniy Beruniy (973-1048) yoshligidayoq ko'p vaqtini turli kuzatishlar bilan o'tkazgan. U bolalik chog'larida astronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatlarini aniqlash bilan shug'ullangan va 995-996 yillarda Kot shahrida diametri 15 ziro' (Ziro' - qadimgi o'lchov birligi, 49 santimetr chamasida) bo'lgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik o'lchash ishlarini olib borgan. Beruniyning 152 asari ma'lum bo'lib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag'ishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini o'rgandi, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi. Beruniyning boy ilmiy merosi hali to'la o'rganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolomeyning astronomik ta'limotlari bo'yicha dars olgan. 995 yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va Osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri «Geodeziya» 1025 yilda yozib tugatilgan. Bu asar «shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash»ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini o'lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Miloddan avval o'tgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan 250 yil ilgari iskandariyalik olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning o'lchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan o'lchaydi, keyin bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga bo'ladi va Yer radiusini 6840 kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,44 bo'ladi yoki meridian yoyining uzunligi 70 121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian aylanasi uzunligining 150 qismi ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin bo'lsa kerak, degan fikrga kelgan. Eratosfendan so'ng Misr, Xitoy va Gretsiya olimlaridan bir qanchasi Eratosfen o'lchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O'rta asrda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta bo'lgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy bir gradus meridian yoyning uzunligi 11,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan. Bag'dodda tashkil topgan «Donishmandlik uyi» nomli o'sha davrning fanlar akademiyasida o'rta osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg'oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu «Donishmandlik uyi»ning a'zosi bo'lib, u yerda 7 yil ishlagan. Uning yozishicha, xalifa Ma'mun buyrug'iga binoan «Donishmandlik uyi»ning olimlari ikki guruhga bo'linib, Iroqning ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.21 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.21 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:45 ]
Arxiv ichida: doc