Abulqosim Mahmud Az-zamahshariy (1075 - 1144) Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Jorulloh Zamahshariy 1075 yilning 19 martida Xorazmning Zamahshar qishlog'ida qassob oilasida tug'ilgan. Otasi Umar ibn Ahmad machitda imomlik qilgan, onasi taqvodor va dindor ayollardan bo'lgan. Zamahshariy dastlabki ta'limni otasidan olgan, so'ngra Xiva va Buxoro, Xuroson va Isfahon, Bag'dod va Makka madrasalarida tahsil olgan. O'qishni tugatgach, bir qancha vaqt shoh xizmatida kotiblik bilan shug'ullangan. Olim tilshunoslik, adabiyotshunoslik, geografiya, tafsir, hadis, huquq, lug'atshunoslik va boshqa shu kabi sohalarga oid 56 ta asar yozgan. Umrining so'ngga yillarida Xorazmga qaytib kelgan va 1144 yilning 14 aprelida vafot etgan. Zamahshariyni «Arablar va g'ayri arablar ustozi», «Jorulloh»(Ollohning qo'shnisi), «Xorazm faxri», «Adablar peshvosi» va «Butun dunyo ustozi» kabi nomlar bilan atashgan. Zamahshariy arab tili grammatikasiga oid «Al-Mufassal» asarini Makka shahrida 1121 yilda yozgan. Bu kitob arab tili grammatikasini (sarfu nahv) o'rganishda muhim qo'llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G'arbda ham shuhrat topgan asarlardan hisoblanadi. Olimning xorazmshoh Alouddavla Abdulmuzaffarga (1127-1156) bag'ishlab 1137 yilda yozgan «Muqaddamat-ul-adab» asari besh qismdan iborat bo'lib, otlar, fe'llar, bog'lovchilar, otlarning turlanishi, fe'llarning tuslanishi haqida bahs yuritilgan, unda adabiyot nazariyasiga, ayniqsa, badiiy tasvir vositalariga alohida e'tibor berilgan. Ushbu asar fors, chig'atoy (o'zbek), mo'g'ul, turk va boshqa tillarga tarjima qilingan. Manbalarda ko'rsatilishicha, «Muqaddamat-ul-adab» ning chig'atoy (o'zbek) tiliga tarjimasi Zamahshariyniig o'zi tomonidan amalga oshirilgan. Asarlari: «Al-Mufassal» (1121), «Muqaddamat - ul-adab» (1137, «Adabiyotga kirish»), «Al-katshof», «Asos al-balot» («Notiqlik asoslari», lug'atshunoslikka oid «Tog'lar, manzillar va suvlar», «Hadislardagi notanish so'zlarni o'zlashtiruvchi», «Qofiya» va boshq. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
967.34 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:45
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
967.34 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:45 ]
Arxiv ichida: ppt