Adabiy asar tuzilishi Reja: 1. Badiiy adabiyotda mazmun va shakl birligi. 2. Asarning asosiy temasi va g'oyasi. 3. Obraz va tipiklik. 4. Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi. Asar mazmuni unda aks etgan hayot. Yozuvchining hayot voqealariga munosabati g'oyani belgilaydi. Mazmun va shakl birligi badiiy asarda badiiylikning zarur sharti. Mazmun va shakl badiiy asarni tahlil qilish jarayonida uni bir butunlikda to'g'ri tushunishimizga imkon beradigan, o'zaro uzviy bog'langan ichki va tashqi tomonlardir. Chunki, mazmun badiiy asarning mohiyatini ifodalasa, shakl shu mohiyatning namoyon bo'lishi, ya'ni ifodalanish usulidir. Shu ma'noda badiiy asarning mazmuni unda aks etgan hayotiy faktlardan iborat bo'ladi. Bu faktlar esa yozuvchining ma'lum nuqtai nazari asosida yoritiladi. Chunonchi, badiiy asarda (hikoya, roman yoki pyesada) odamlar, ularning o'zaro aloqalari, turmush voqea-hodisalari aks ettirilar ekan, bularning hammasi shu asarda bir butunlikni tashkil etadi. Bu bir butunlik, tabiiyki, turmushni obrazli aks ettirish tufayli vujudga keladi. Inson esa hayotda yakka holda yashamaydi, u doim o'zini o'rab olgan muhit, odamlar, tabiat bilan aloqada bo'ladi. Shu sababli badiiy asarda inson u yashayotgan hayotiy sharoit bilan birlikda, ayni paytda individual va umumlashtirilgan holda ifodalanadi. S.Ayniyning «gullar» romanida ham biz yuz yildan ortiqroq (1825-1933) tarixiy voqealarning mehnatkashlarga mansub uch avlodi vakillari obrazida aks ettirilganini ko'ramiz. Rahimdod-o'tmishda zulm ostida ezilgan, hayoti qullikda o'tgan avlodlar vakili. Ergash va Safarqul- ongida yangi tushunchalar paydo bo'lib, yangi hayot uchun kurashganlarning umumlashma obrazlari. Demak, «gullar» romanlarida tasvirlangan obrazlar sitemasida faqat u yoki bu obrazgagina emas, balki bir-biriga qarama-qarshi ikki ijtimoiy guruhga xos xarakterlar umumlashtirilgan bo'lib, bu badiiy umumlashmalar har ikkala asarning g'oyaviy-tematik mazmunini tashkil etgan. Chunki yozuvchi tanlagan hayot voqea-hodisalari tasvirida asar mazmuni va yozuvchining g'oyaviy pozitsiyasi ifodalanadi. Asar temasi ham uning mazmunidan kelib chiqadi. 26Yozuvchi hayot materialini o'z dunyoqarashiga, o'z manfaatlariga muvofiq tanlagani uchun uning shu voqea-hodisalarga bo'lgan munosabati va ularni tasvirlashdagi nuqtai nazari adabiy asarning g'oyaviy mazmunini, ya'ni yozuvchining badiiy umumlashmalari asosidagi yetakchi fikrini, voqelikka bergan g'oyaviy bahosini belgilaydi. Bu g'oyaviy mazmun yozuvchi tanlagan hayotiy voqea va lavhalar tasvirida, asarda ishtirok etadigan obrazlar xatti-harakati, o'y-fikrlari, kechinmalari va xarakterida mujassamlashadi, ya'ni mazmun shaklga ega bo'lib, o'z mohiyatini butun to'laligi bilan namoyon qiladi. Shunday qilib, adabiyotda mazmunning shaklga ega bo'lishi g'oyaviy-tematik negizning inson xarakterida namoyon bo'lib, uning kechinmalari va xatti-harakatlari orqali yozuvchi qayta ishlagan hayotiy materialni konkretlashtirishi va ravshanlashtirishida amalga oshadi. Inson xatti-harakatlari adabiy asarda kompozitsiya va syujetda, uning o'y-fikrlari, his-tuyg'ulari va kechinmalari esa asar tilida ochiladi. Shu zaylda asar mazmuni uning shaklini-yozuvchi tasvirlangan hayotiy manzaralar, xarakterlar, obraz va personajlar, syujet voqealari, asar kompozitsiyasi va ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
446.89 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
446.89 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:45 ]
Arxiv ichida: doc