Adabiy germenevtika va badiiy asar arxitektonikasi

Adabiy germenevtika va badiiy asar arxitektonikasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiy germenevtika va badiiy asar arxitektonikasi - rasmi

Material tavsifi

Adabiy germenevtika va badiiy asar arxitektonikasi Reja: Badiiy asar matnini tushunish adabiy germenevtikaning asosiy omili sifatida Adabiy germenevtikaning taraqqiyot mezonlari Badiiy matnni tushunish va aqliy faoliyat tizimi jarayonlari Adabiy germenevtikaning boshqa fanlar orasidagi o'rni Adabiy germenevtika tarixidan Germenevtik tahlil va badiiy asar yolqini Badiiy matnni o'zlashtirish jarayonida ijodiy yolqin imkoniyatlari Badiiy matn germenevtik tahlilining munosabat kategoriyalari Badiiy asar matnini tushunish adabiy germenevtikaning asosiy omili sifatida Inson borliqni aql va qalb bilan qabul qilar ekan, farosat, zakovat, fahm, idrok kabi ratsional kategoriyalardan farqli ravishda olamni ruhiy-psixologik, hissiy - emotsional tushunib etishi, his qilingan dunyo ranglarini izohlash germenevtika fanining asosiy omili hisoblanadi. Germenevtika ruhiy-psixologik, hissiy-emotsional o'zlashtirilgan dunyoning turli manzaralarini izohlaydi, individual o'ziga xoslik kategoriyalarini tavsiflaydi. Adabiy germenevtika - badiiy matnni tushunish va uning jarayonini o'rganadigan fandir. «Arxitektonika» termini yunoncha arhitektonike - «qurilish san'ati» ma'nosidagi so'z bo'lib, ilmiy doiralarda: 1) arxitek. qurilish obyektlari fasadi, arxitektura tuzilishlari konstruksiya tizimining badiiy g'oyasini aks ettirish; 2) badiiy asar qurilishining umumiy estetik rejasi, qismlari o'zaro munosabatlarining tamoyillarini aniqlash; 3) geol. geologik qurilishlarning umumiy kartinasi ma'nolarida qo'llanadi. Biz bu o'rinda arxitektonikaning ikkinchi-badiiy asar qurilishiga oid ma'nosidan foydalangan holda badiiy matn shakl qirralarining falsafiy-estetik, semantik-stilistik tomonlarini ochib berish, umuman badiiy matnning estetik modeli orqali g'oya yaratish imkoniyatlarini aniqlash uchun qo'llaymiz. Matnni tushunish degani inson mentaliteti, siyosiy-ijtimoiy, ruhiypsixologik, ilmiy-ijodiy tajribasini matnga, uning mazmuni, ma'no-mohiyatini egallash uchun yo'naltirilishi demakdir. Matn mazmuni va mazmun orqali shakllangan g'oyani egallash uchun yo'naltirilgan tajriba bir vaqtning o'zida individual (xususiy) yoki ijtimoiy bo'lishi mumkin: bir odamning tushunish imkoniyatlari ikkinchi odamning faoliyatida taraqqiy topsa, ikkinchi odamning muvaffaqiyatlari esa, birinchi odamning imkoniyatlarini kengayishiga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan tushunish yoki ma'nolarni anglab etish jarayonining intersubyektivligi haqida gapirish o'rinlidir. Filologiya fanida matnni tushunish mohiyati haqidagi masala eng muhim, dolzarb va murakkab muammolardan biridir. Shu sababli tushunish jarayonini biror bir yagona yo'nalish asosida o'rganish mumkin emas. Tushunish jarayoniga dialektik munosabat uning yo'nalishlarini kengaytirilishini hamda tushunish tashkil topishini ham diaxronik asnoda o'rganishni talab qiladi. Tushunishning ta'rifi nisbatan qisqa, ya'ni ular fanning boshqa sohalaridan - ong, tafakkur, bilim kabilardan farqini aniqlashga qaratilgan. Yuqorida aytilganlar asosida tushunishning aniq yo'nalishlari belgilangan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: Tushunish - matn arxitektonikasining ichki aloqalarini anglab etish jarayoni; Tushunish - matnning mantiqini anglab etish jarayoni; Tushunish - matnda shakllangan o'zga insonlarning ichki his-tuyg'ulari, fikri va qarorini uqib etish; Tushunish - bilimga intilish, bilimni ishlab chiqish; Tushunish - matnda muallifning ong, ruhiy-psixologik, emotsional harakatlari manzaralarini qayta tiklash. Bu ta'riflarning birortasi ham so'nggi va aniq hisoblanmaydi, ular faqat adabiy germenevtika ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 83.66 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 83.66 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga