Adabiy germenevtika va badiiy til poetikasi faniga kirish Buyuk fransuz faylasuflaridan biri Alloh insonga o'zining haqiqiy histuyg'ulari va fikr-mulohazalarini yashirish uchun gapirish huquqini bergan, degan edi. Gapirish, so'zlash jarayonida inson o'zining haqiqiy maqsad va istaklarini ommadan yashirar ekan, o'sha yashiringan maqsad-istaklarni qanday bilish, aniqlash mumkin, degan savol tug'ilishi tabiiy. Bu o'rinda insonga germenevtika yordamga keladi. So'zni aql orqali anglab etamiz, tuyg'uni esa, hissiyot bilan sezamiz. So'z bilan anglangan dunyo, aql bilan etkazilgan borliq. Ruh bilan sezilgan holat esa, tuyg'u, qalb ruhi, hissiyot to'lqini, uni hali nomlash zaruriyati bor. Shu hodisaga nom izlash jarayonida biz dunyoning yangi ranglarini ochib boramiz. Agar biz birovning tushunmayotganligiga duch kelsak, shuni e'tiborga olishimiz lozimki, bu uning aybi emas, balki bu uning bu hodisadan tamoman bexabarligi sababli, xolos. Bir tomondan olib qaralganda germenevtika ma'nosizlikdan ma'no qidirishdan iborat, chunki olam hodisalarining tubsiz rangbarangligi ham shundaki, har qanday xaosda ham o'ziga xos ma'no va qonuniyat mujassam. Jahon adabiyotshunosligining so'nggi davrdagi yutuqlaridan biri bugermenevtika sohasidagi tadqiqotlarda miqdor va sifat salmog'ining ortganligi bilan bog'liq. Badiiy asar matni tahlilining yangi metod va usullari badiiy matnni tushunib etish orqali uning original matn arxitektonikasi vositasida aks etgan badiiy tafakkur qirralarini anglab etish, uni o'zlashtirish va hazm qilishning ratsional-emotsional imkoniyatlarini kengaytirib yubordi. Badiiy adabiyot ijtimoiy ong sohasi sifatida jamiyat hayotining barcha tomonlariga kirib borgan. Shu bois ijtimoiy psixologiya, ilm-fan yutuqlari, iqtisodiyot mezonlari ham badiiy tafakkur ifoda aspektlarining ichida bo'lib qoldi. Germenevtika bu-vujud ichki vulqonlari natijasida toshga chiqayotgan qudrat silsilasining badiiy matn orqali aks etgan holatlari, qirralariga nom berish demakdir. Musiqa - inson ruhiy, botiniy dunyosi holatlari, harakatlarining ovozi, sasi. Ovoz, sas notalarini nomlash she'riyat, poetikaning vazifasidir. Germenevtika nom olgan elementlarning ma'no qirralarini ochish vositasida ikkinchi to'lqin ichki ruhiy bo'ronlar partiyasiga yo'l ochadi. Keyingisi yana keyingisiga yo'l beradi. Bu ruhiy kashfiyotlar tizimi cheksiz davom etaveradi. Biroq har bir partiya ruhiy to'lqinlar inson tasavvur dunyosini, olamni ruhiy o'zlashtirish imkoniyatlarini, uning intellektual mentalitetini yangi bosqichga olib chiqadi. Binobarin, inson oldida dunyoning yangi ranglarini kashf qiladi. Antik adabiyotdagi mifologik tafakkur o'rta asrlarda realistik manzaralarda, yangi davrda esa romantizm va realistik tasvir usulining chatishgan mezonlarini shakllantirdi. XIX asr adabiyotida bosh planga ko'tarilgan hol bu- inson ichki dunyosining poetik tasviri edi. Inson ichki dunyosining individual qirralarini topish, uning yangi shtrixlarini kashf qilish, binobarin, ijtimoiy psixologiyaning yangi-yangi tamoyillarini shakllantirish badiiy adabiyot, badiiy tafakkurning faqatgina falsafiy - estetik hodisa sifatidagi holatini istisno qildi. XX asrning 90-yillarida insoniyat ikkita buyuk inqilobni boshdan kechirdi. Bulardan birinchisi siyosatda, ikkinchisi texnologiyada amalga oshirildi. Siyosiy inqilob sotsialistik ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.29 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.29 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:45 ]
Arxiv ichida: doc